×

Juru kompaniyasidan bakalavrlar, magistrlar va OTMni bitirganiga 2 yildan oshmaganlar uchun O’zbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot!


Grant

MUHLAT

29.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

11770 marta

Juru kompaniyasi bakalavriatning 3-4-bosqich talabalari, magistratura talabalari va shu bosqichlarni bitirganiga 2 yildan oshmagan nomzodlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturini eʼlon qildi.

Amaliyot Juru kompaniyasining Toshkentdagi ofisida oʻtaladi va 3 oy davom etadi. Amaliyot 2024-yil 15-apreldan boshlanishi rejalashtirilgan.

Quyidagi lavozimlardan birida amaliyot oʻtash mumkin:

  • RE Engineer (solar, wind)
  • Electrical Engineer
  • Power Systems Engineer
  • SCADA/Automation Engineer
  • Telecom Engineer
  • I&C Engineer
  • Civil Engineer
  • HVAC Engineer
  • Water Supply / Wastewater/ Drainage
  • Architect
  • Project Assistant
  • General Layout
  • Environmental
  • Biodiversity
  • Socio-Economic
  • Energy Analyst/ Economist
  • Low Carbon
  • Hydrometeorological Engineer
  • Topographic Survey
  • BD Assistant
  • HR Assistant
  • Marketing Assistant

Juru haqida: Juru energetika sohasiga yoʻnaltirilgan xalqaro konsalting va muhandislik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi Londonda joylashgan va Toshkentda ham yirik operatsion ofisi mavjud. Ushbu kompaniya 2015-yilda tashkil etilgan boʻlib, davlat va xususiy tashkilotlar uchun energiya, infratuzilma, binolar va atrof-muhit sohasida kompleks yechimlarni taqdim etish uchun mutaxassislar, tahlilchilar, muhandislar va dizaynerlarning dinamik jamoasini bir yerga toʻplagan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatning 3-4-kurs talabalari, magistratura talabalari va OTMni bitirganiga 2 yildan oshmagan bitiruvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyotga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Amaliyot davri uchun haq toʻlanadi.
  • Dastur amaliy tajriba berish orqali bilimlaringizni real hayotda qoʻllashingizga yordam beradi.
  • Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgandan keyin ishga joylashish imkoniyatlari mavjud.
  • Treyninglar va ijtimoiy koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan kurslarda ishtirok etish imkoniyati.
  • Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgandan keyin tavsiyanoma beriladi.
  • Toshkent markazidagi ofisda ishlash uchun qulay sharoit taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzodlar bakalavriatning 3-4-kurs talabasi, magistratura talabasi yoki shu bosqichlarnini bitirganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  • Tartibli, tirishqoq va intiluvchan boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilishlari kerak (ayniqsa yozma).
  • Muammolarni hal qilish qobiliyatiga va tahliliy koʻnikmalarga ega boʻlish kerak.
  • Kuchli ogʻzaki va yozma muloqot koʻnikmalariga ega boʻlish kerak.
  • Microsoft Office dasturlaridan yaxshi foydalana olish lozim.
  • Nomzodlarning shunga oʻxshash sohada avvalgi amaliyot/ish tajribasiga ega bo’lishi, rus va oʻzbek tillarini bilishi qoʻshimcha afzallik hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 29-fevralgacha qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1- bosqich: Ariza shaklini topshirish. Bunda nomzodlar maxsus ariza shaklini ingliz tilida toʻldirishi va topshirishi kerak. Ariza shakliga CV (ingliz tilida) yuklash talab etiladi. Arizalar 2024-yil 29-fevralgacha topshirilishi lozim.

2-bosqich: Test/vazifa bajarish. 1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar test/vazifa bajarishi kerak boʻladi.

3-bosqich: 2-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan yuzma-yuz suhbat qilinadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganlar dasturga qabul qilinadi.

Yakuniy natijalar 2024-yil 12-aprelda eʼlon qilinadi va amaliyot 2024-yil 15-apreldan boshlanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!