×

Janubiy Koreyada bakalavr va magistratura talabalari uchun yozgi 7 haftalik amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

02.02.2025

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

9662 marta

Janubiy Koreyaning nufuzli KAIST universiteti butun dunyo boʻylab tabiiy fanlar yoʻnalishida oʻqiyotgan bakalavr va magistratura talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yozgi KAI-X Research Internship Program dasturini tashkil etadi. Dastur 2025-yilning 1-iyulidan 16-avgustiga qadar (7 hafta) davom etadi. Qabul qilingan ishtirokchilar tanlagan laboratoriyalaridan birida amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi.

Nomzodlar ariza topshirish vaqtida qaysi laboratoriyada amaliyot va tadqiqot oʻtkazishni xohlashini koʻrsatishi kerak (kamida 1 ta, koʻpi bilan 3 ta laboratoriyani koʻrsatish mumkin). Mavjud laboratoriyalar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing (Excel file).

Bundan tashqari, dastur davomida tashkil etiladigan quyidagi tadbirlarda qatnashishlari mumkin:

  • Ochilish marosimi
  • Kampus boʻylab sayohat
  • Yakuniy taqdimot
  • Natija hisobotini topshirish
  • Yakuniy ziyofat
  • Koreya madaniyati bilan tanishish uchun sayohat (kamida bir marta)

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Tabiiy fanlar (jumladan, fizika, kimyo, matematika, biologiya, miya tadqiqoti va kognitiv fanlar hamda tibbiyot fanlari) yoʻnalishida oʻqiyotgan bakalavr 3-4-kurs talabalari, magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Koreyaga borish-kelish uchun aviachipta xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi (maksimum 1 million von — taxminan 680 AQSH dollargacha).
  • Yotoqxona toʻlovi uchun mablagʻ ajratiladi.
  • Yashash xarajatlari uchun 500 000 von (taxminan 340 AQSH dollari) ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari ariza berishi mumkin.
  • Dasturda tabiiy fanlar, jumladan, fizika, kimyo, matematika, biologiya, miya tadqiqoti va kognitiv fanlar hamda tibbiyot fanlari yoʻnalishida oʻqiyotgan 3-4-kurs bakalavriat talabalari, shuningdek, magistratura talabalari qatnasha oladi.
  • Dastur ingliz tilida boʻlgani bois ingliz tilini yetarlicha bilish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar kai-x_internship@kaist.ac.kr email manziliga quyidagi hujjatlarni Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil 1-fevral 20:00 ga qadar yuborishlari shart:

  • Ariza shakli (yuklab olish Excel shaklda).
  • Maksimum 1200 soʻzdan iborat insho. Inshoda dastur topshirish borasidagi motivatsiyasi, tanlangan laboratoriyalar va shu laboratoriyalardagi rejalari yozilishi kerak. (Insho shaklini yuklab olish)
  • Akademik transkript. Hujjat olinganiga 3 oydan oshmagan hamda universiteti muhri va imzosi tushirilgan boʻlishi kerak. Transkript ingliz tilida boʻlishi yoki rasmiy (notarial) tarjima qilinishi kerak.
  • Talabalik haqida maʼlumotnoma. Hujjat olinganiga 3 oydan oshmagan hamda universiteti muhri va imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Bu hujjat ingliz tilida boʻlishi kerak.
  • Tavsiyanoma. Tavsiyanoma ham yuqoridagi hujjatlar bilan birga yuboriladi. Tavsiyanomaga oid ayrim tavsiyalari ariza topshirish qoʻllanmasida koʻrsatilgan.

Muhim eslatmalar:

  • Dasturga qabul qilingan nomzodlarga 2025-yil 31-martgacha xabar beriladi.
  • Yotoqxonada roʻyxatdan oʻtishdan oldin barcha ishtirokchilar oʻz mamlakatida oʻpka rentgenogrammasidan oʻtishlari kerak. Agar Koreyada sinovdan oʻtmoqchi boʻlsa, tekshiruv uchun 50 AQSh dollari miqdorida toʻlovni oʻzlari qoplashlari kerak.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon hamda ariza topshirish qoʻllanmas bilan batafsil tanishib chiqing.

Tadqiqot qilish mumkin boʻlgan laboratoriyalar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: kai-x_internship@kaist.ac.kr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!