×

Janubiy Koreyada bakalavr va magistratura talabalari uchun yozgi 8 haftalik amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

31.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

3918 marta

Janubiy Koreyaning nufuzli KAIST universiteti butun dunyo boʻylab tabiiy fanlar yoʻnalishida oʻqiyotgan bakalavr va magistratura talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yozgi KAI-X Research Internship Program dasturini tashkil etmoqda. Dastur 2024-yilning 24-iyunidan 16-avgustiga qadar (8 hafta) davom etadi. Qabul qilingan ishtirokchilar tanlagan laboratoriyalaridan birida amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi. Bundan tashqari, dastur davomida tashkil etiladigan quyidagi tadbirlarda qatnashishlari mumkin:

  • Ochilish marosimi
  • Kampus boʻylab sayohat
  • Yakuniy taqdimot
  • Natija hisobotini topshirish
  • Yakuniy ziyofat
  • Koreya madaniyati bilan tanishish uchun sayohat (kamida bir marta)

Grant kimlar uchun?

Tabiiy fanlar (jumladan, fizika, kimyo, matematika, biologiya, kognitiv fanlar va tibbiyot fanlari) yoʻnalishida oʻqiyotgan bakalavr 3-4-kurs talabalari, magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Koreyaga borish-kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi (maksimum 1 million won — taxminan 750 AQSH dollargacha).
  • Yotoqxona xarajatlari uchun 500 000 won (taxminan 375 AQSH dollari) ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari ariza berishi mumkin.
  • Dasturda tabiiy fanlar, jumladan, fizika, kimyo, matematika, biologiya, kognitiv fanlar va tibbiyot fanlari yoʻnalishida oʻqiyotgan 3-4-kurs bakalavriat talabalari, shuningdek, magistratura talabalari qatnasha oladi.
  • Dastur ingliz tilida boʻlgani bois ingliz tilini yetarlicha bilish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar kai-x@kaist.ac.kr email manziliga quyidagi hujjatlarni Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 31-mart 20:00 ga qadar yuborishlari shart:

  • Ariza shakli (yuklab olish Excel shaklda).
  • Maksimum 1200 soʻzdan iborat insho. Inshoda dastur topshirishdan maqsadi va rejalari yozilishi kerak. (Insho shaklini yuklab olish)
  • Akademik transkript. Hujjat olinganiga 3 oydan oshmagan hamda universiteti muhri va imzosi tushirilgan boʻlishi kerak. Transkript ingliz tilida boʻlishi yoki rasmiy (notarial) tarjima qilinishi kerak.
  • Talabaligi haqida maʼlumotnoma. Hujjat olinganiga 3 oydan oshmagan hamda universiteti muhri va imzosi tushirilgan boʻlishi kerak. Transkript ingliz tilida boʻlishi yoki rasmiy (notarial) tarjima qilinishi kerak.
  • Tavsiyanoma. Tavsiya beruvchi xatni ishonchli boʻlishini xohlasa, tavsiyanomani sizning toʻliq ismingizni yozgan holda kai-x@kaist.ac.kr email manziliga ariza topshirish muddatiga qadar yuborishi kerak.

Muhim eslatmalar:

  • Dasturga qabul qilingan nomzodlar ariza topshirish tugagandan soʻng 4 hafta ichida eʼlon qilinadi.
  • Yotoqxonada roʻyxatdan oʻtishdan oldin barcha ishtirokchilar oʻz mamlakatida oʻpka rentgenogrammasidan oʻtishlari kerak. Agar Koreyada sinovdan oʻtmoqchi boʻlsa, tekshiruv uchun 50 AQSh dollari miqdorida toʻlovni oʻzlari qoplashlari kerak.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon hamda ariza topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Tadqiqot qilish mumkin boʻlgan laboratoriyalar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: kai-x@kaist.ac.kr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!