×

KAIST EE Camp 2024: Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi oromgoh!


Grant

MUHLAT

26.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

6506 marta

Janubiy Koreyaning nufuzli KAIST universiteti Electrical Engineering (Elektrotexnika) yoʻnalishida magistraturani oʻqimoqchi boʻlgan barcha yoshlar uchun KAIST EE Camp 2024 oromgohini tashkil etmoqda.

Bu oromgoh 2024-yil 19-20-avgust kunlari Janubiy Koreyaning Daejeon shahrida joylashgan KAISTning asosiy kampusida boʻlib oʻtadi. Dastur davomida ishtirokchilar KAIST kampusi va laboratoriyalari bilan yaqindan tanishish, KAIST EE va boshqa magistrlik kurslariga ariza topshirish jarayonlari haqida maʼlumot olish hamda hozirda oʻqiyotgan talabalar bilan uchrashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun: KAIST universitetida magistraturaga qabul qilingan talabalar toʻliq grant asosida va oylik stipendiya olgan holda tahsil oladi.

Grant kimlar uchun?

Elektrotexnika yoʻnalishi boʻyicha KAISTda magistraturada oʻqimoqchi boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Janubiy Koreyaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Dastur davomida bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod elektrotexnika yoʻnalishi boʻyicha KAIST oliygohida magistraturani oʻqishga qiziqayotgan talaba boʻlishi kerak. Bakalavriatning 4-kurs talabalari ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.
  • Kompyuter fanlari, materialshunoslik, fizika, matematika va boshqa aloqador sohada oʻqigan yoki oʻqishni bitirayotganlar ariza topshirishi mumkin.
  • Dastur ingliz tilida boʻlgani sabab ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlar BU YERDA onlayn ariza shaklini 2024-yil 26-iyuncha toʻldirishi va topshirishi kerak.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon va poster bilan yaxshilab tanishib chiqing.

Qabul qilingan nomzodlarga 2024-yil 5-iyulgacha email orqali xabar qilinadi.

Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollar bilan eeio@kaist.ac.kr elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!