×

Kakuyo Design Award: o’quv, ish qurollari va jihozlari dizayni tanlovi; mukofot – 18 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

19.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2842 marta

O’quv va ish qurollari hamda jihozlar dizayni uchun Kakuyo Design Award tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlov barcha uchun ochiq. Tanlovga kelib tushgan dizaynlar orasidan eng yaxshilari dizaynlari hayotga tatbiq etiladi: ushbu dizaynlar amalda ishlab chiqarilib, iste’molchilarga yetkaziladi.

Tanlovga ish, o’qish va yashash joylarida foydalaniladigan har qanday ish yuritish buyumlari, mebellar yoki asboblar dizaynlari qabul qilinadi. Tanlovni yaxshiroq tushunish uchun misol: Kakuyo dizayn tanlovida g’olib bo’lgan ishlarning ichida chizg’ich va bo’yoq solinadigan idishlarning dizaynlari ham bor. Ular amalda ishlab chiqarilgan hamda sotuvga qo’yilgan. Tanlovning bu yilgi mavzusi – «post-normal». Bunda dunyodagi so’nggi vaqtlarda sodir bo’layotgan kutilmagan o’zgarishlarga moslashish uchun asboblar va jihozlar dizaynini o’zgartirishga e’tibor berish nazarda tutilgan, va shunday dizaynlar qabul qilinadi.

G’olib chiqqan chizg’ich oddiy chizg’ichdan deyarli farq qilmaydi, faqat millimetrlar ishlatish uchun qulayroq usulda ko’rsatilgan. Batafsil bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Bo’yoq dizayni ham o’ziga xos qilib o’ylab topilgan: rassomchilik va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan bo’yoq qadoqlariga ichiga solingan bo’yoqni ifodalovchi so’z yoki rangning surati o’rniga o’sha rangni hosil qiladigan 2 yoki 3 rang chizilgan. Batafsil bu yerda ko’ring.

Tanlovga qabul qilinadigan mahsulotlar ro’yxati bu yerda, sahifa so’nggida berilgan.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda yoshi, jinsi, kasbi va millatidan qat’i nazar, quyidagi talablarga mos barcha korporatsiya, shaxs yoki guruhlar ishtirok etishlari mumkin:

  • Asosiy sovrin – 2 000 000 yen pul mukofoti (taxminan 18 000 AQSh dollari);
  • Asosiy sovrindan tashqari g’olib deb topilgan uch nafar ishtirokchining har biriga: 500 000 yen pul mukofoti (taxminan 4 500 AQSh dollari);
  • G’oliblarga qo’shimcha sovg’alar ham berilishi mumkin;
  • Final bosqichi taqdimotida ishtirok etadigan ishtirokchilarning xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

  1. Ishtirokchi 2021-yil 13-martda Tokio shahrida bo’ladigan yakuniy taqdimotda ishtirok etishi kerak bo’ladi (agar finalga chiqsa);
  2. Ishtirokchi tanlov shartlariga rozi bo’lsa (agar ishtirokchi voyaga yetmagan bo’lsa, ota-onasi yoki unga mas’ul shaxsning roziligi olinadi);
  3. Tanlovda yakka tartibda yoki 2 kishilik guruh sifatida ishtirok etish mumkin;
  4. Bir ishtirokchi yoki guruh nomidan istalgan miqdorda dizaynlar taqdim etilishi mumkin;
  5. Tanlovga qabul qilingan ishlar tanlov mavzusi, tugallanganlik darajasi va tayyor mahsulot sifatida bozorga chiqarilish potensialiga ko’ra baholanadi.
  6. Tanlovga taqdim etilgan dizaynlar muallif tomonidan yaratilgan, original ishlar bo’lishi zarur.
  7. Dizaynlar dunyoning biror davlatida hali amalda ishlab chiqarilmagan, boshqa tanlovlarda ishtirok etmagan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 19-oktyabrgacha bu yerda ariza topshiring. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Tanlov uchun tayyorlangan dizayn bir betli sahifada quyidagi ko’rinishda taqdim etilishi kerak:

Bunda:

  1. Dizayn nomi
  2. Mahsulot turi
  3. Mahsulot ko’rinishi
  4. Ishlatilish usullari va vaziyatlari haqida izoh
  5. Yonda, tepadan va ro’paradan ko’rinishining chizilgan varianti (o’lchamlari bilan)
  6. Zarur deb topilgan boshqa ma’lumotlarni ham qo’shish mumkin. Ma’lumotlar yapon yoki ingliz tilida yozilishi mumkin. Tayyor bo’lgan hujjat PDF yoki JPEG formatida vizual holatda bo’lishi, hajmi 5 MB dan oshmasligi zarur. PDF bo’lsa, o’lchamlari eniga 297 mm va bo’yiga 420 mm bo’lishi (A3), JPEG bo’lsa, o’lchamlari bo’yiga 3508 piksel, bo’yiga 4961 piksel, 300 dpi RGB bo’lishi kerak.

Tanlovga o’tgan yillari taqdim etilgan va qabul qilingan arizalardan birining ko’rinishi:

Ariza topshirilgach, saralash jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich natijalari taxminan dekabr oyida e’lon qilinadi. Final bosqichi uchun natijalar taxminan mart oyi o’rtalarida e’lon qilinadi. G’oliblar 13-martda e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!