×

Kanada: Bakalavr kurslari uchun grant dasturlari


Grant

MUHLAT

28.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

5590 marta

Kanadada joylashgan Humber College shu OTMga o’qishga kirgan talabalardan turli grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda.

Universitetdagi barcha yo’nalishlar bilan SHU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet xalqaro talabalar uchun maxsus ajratgan grant dasturi doirasida bir nechta moddiy ta’minot dasturlarini taklif etadi.

  1. Ulardan biri kontrakt pulini to’liq qoplaydi va faqat 2019-yil yanvar kurslari uchun 1 ta o’rin ajratilgan va agar talaba kamida 75% o’zlashtirish darajasini saqlab tura olsa, bakalavr kursining keyingi yillarida ham ajratiladi.
  2. 5000 AQSh dollari miqdoridagi grant ham o’zlashtirish darajasiga qarab qayta ajratilib boriladi. Bu grant ham 2019-yil yanvar kurslari uchun 1 ta, 2019-yil sentabr kurslari uchun 7 ta va 2020-yil yanvar kurslari uchun 3 ta ajratilgan.
  3. 3000 AQSh dollari miqdoridagi grant bir martalik to’lov hisoblanib, faqat bir yil ta’minlanadi. Bu grant 2019-yil sentabr kurslari uchun 2 ta va 2020-yil yanvar va may kurslari uchun 1 tadan ajratilgan.
  4. 1000 AQSh dollari miqdoridagi grant ham faqat bir marta to’lab beriladi. Bu grant 2019-yil yanvar uchun 8 ta, 2019-yil sentabr uchun 10 ta, 2020-yil yanvar uchun 3 ta va 2020-yil may uchun 2 ta ajratilgan.

Bakalavriat kurslari uchun maxsus ajratilgan grantlar esa quyidagi ko’rinishda:

  1. Birinchi grant 4000 AQSh dollari qiymatiga ega va agar talaba kamida 95% natija ko’rsatsa keyingi yillar ham to’lab beriladi.
  2. Ikkinchi grant – 3500 AQSh dollari: agar talaba 90%-94.9% natija ko’rsatsa, kelasi yillar ham to’lab beriladi.
  3. Uchinchi grant – 3000 AQSh dollari: 85%-89.9% natija ko’rsatilgan taqdirda qayta to’lab beriladi.
  4. 2000 AQSh dollari miqdoridagi grant: 80%-84.9% natija ko’rsatilsagina kurs davomida yana to’lab beriladi;
  5. 1000 AQSh dollari miqdoridagi grant bir marta to’lanadi. Bunda talaba 75%-79.9% natijani kolej/litseyda ko’rsatgan bo’lishi zarur.

Ushbu grantlar nomzodlarning kolej/litsey/maktabdagi baholariga qarab ajratiladi. Hozirda bu grant dasturlaridan 2019-yil yanvar kurslari uchun grantlargagina arizalar qabul qilinmoqda. 2019-yil yanvar kurslari uchun grant yutib olish uchun 2018-yil 28-sentabrgacha hujjat topshirishingiz mumkin.

Talablar:

Grant o’rinlari qishki, bahorgi va yozgi qabul mavsumlariga taqsimlangan. Talabalar baholari, ijtimoiy faolligi, tavsiyanomalar va motivatsion xatlariga ko’ra saralanadi. Grantlar uchun Humber College’ga o’qishga kirmay turib ariza topshirib bo’lmaydi. Bu OTMdagi bakalavr kurslaridan biriga o’qishga taklif qilingan talabaga grant uchun hujjat topshirish bo’yicha yo’riqnoma ham jo’natiladi.

Ma’lumot uchun: enquiry@humber.ca

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!