×

Kanada: bakalavr kurslarida o’qish uchun 4000 Kanada dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1776 marta

Kanadada joylashgan Humber College universiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladigan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan eng a’lochi va yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalarga belgilanadi. Dasturdan maqsad iqtidorli talabalarni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Universitetda o’qitiladigan barcha kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Talabalar quyidagi grantlarni yutib olishlari mumkin:

  • O’rtacha bahosi (GPA) 95% va undan yuqori talabalarga 4000 Kanada dollari grant
  • O’rtacha bahosi 90% – 94.9% bo’lgan talabalarga 3500 Kanada dollari
  • O’rtacha baholari 85% – 89.9% talabalarga 3000 Kanada dollari grant
  • O’rtacha bahosi 80% – 84.9% bo’lgan talabalarga 2000 Kanada dollari grant
  • O’rtacha bahosi 75% – 79.9% bo’lganlarga 1500 Kanada dollari grant

1 Kanada dollari 0.74 AQSh dollariga teng.

O’qish to’lovlari haqida

Talablar:

  • Nomzod yuqori maktab, litsey yoki kollejni 2020-yil bitirgan bo’lishi va bakalavr kursiga ilk marta hujjat topshirayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yaxshi yoki yuqori bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS yoki TOEFL imtihonini topshirmagan nomzodlar DuoLingo ingliz tili imtihonini onlayn topshirib, natijalarini taqdim etishlari mumkin. Qabul uchun IELTS 6.5 (har bir qism 6.0 dan yuqori bo’lgan holda) va TOEFL IBT 90 (PBT 550) talab etiladi. Batafsil
  • Nomzod qanday yo’nalishdagi bakalavr kursiga hujjat topshirayotganidan kelib chiqib, dastur uchun maxsus ichki talablar mavjud. Ular bilan tanishish uchun bu yerdan o’zingizga kerakli kursni izlab topib, u haqida yozilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.
  • O’zbekistonlik talabalar uchun batafsil qabul talablari bu yerda ko’rsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun avvaliga bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kerak. Kursga qabul qilingan nomzodlarga grant to’g’ridan-to’g’ri belgilangani yoki grantga qanday qilib qo’shimcha ariza berish mumkinligi to’g’risida ma’lumot beriladi. Kurslarga hujjatlar 2021-yil 1-fevralgacha bu yerda onlayn tarzda qabul qilinadi.

Ariza topshirayotganda 75 Kanada dollari (taxminan 52 AQSh dollari) to’lovni ham amalga oshirish kerak. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!