×

Kanada: Bakalavriatda o’qish uchun to’liq grant va stipendiya: joy – 37 ta!


Grant

MUHLAT

30.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

12713 marta

Kanadada joylashgan Toronto Universiteti (University of Toronto) 2019-2020-yilgi bakalavr kurslari uchun Lester B. Pearson International Scholarship Program grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu grant Toronto Universitetiga o’qishga kirishdan oldin o’qigan ta’lim muassasalarining rivojiga hissa qo’shgan yetakchi va umidli talabalarga beriladi. Lester B. granti Toronto Universitetining eng nufuzli grant dasturi bo’lib, dastur doirasida har yili taxminan 37 nafar talabaga grant beriladi. Toronto Universitetidagi barcha bakalavr kurslari haqida bu yerda ma’lumot olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Lester B. granti to’liq grant bo’lib, uni yutib olgan talabaga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Talabaning o’quv kontrakt to’lovi to’lab beriladi.
  2. Talabaning o’quv materiallariga ketadigan xarajatlari ham qoplab beriladi.
  3. Talaba turar joy bilan to’liq ta’minlanadi.
  4. Talabaning yashash xarajatlari ham qoplanadi.

Talablar:

Lester B. grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod o’zi o’qigan maktab (kollej yoki litsey) tomonidan grant uchun tavsiya qilinishi zarur. Nominatsiyasi berilgan nomzodlar esa quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod Toronto Universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirib 2019-yildan o’qish boshlashi kutilayotgan bo’lishi zarur. O’qishni boshlab bo’lgan yoki boshqa joyda o’qiydigan talabalarga grant berilmaydi.
  2. Nomzod Kanada fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  3. Nomzod o’zgacha, ijodiy fikrlovchi va jamoat uchun mas’uliyat his qiladigan shaxs bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ilmiy va ijodiy yutuqlarga erishgan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod bilim va izlanishga chanqoq bo’lishi lozim.
  6. Nomzod o’zida kuchli yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan bo’lishi kerak.
  7. Nomzod litsey/kollejni tugatayotgan yoki 2018-yil iyundan keyin tamomlagan bo’lishi va 2019-yilda bakalavr bosqichida o’qishni davom ettiradigan bo’lishi zarur.
  8. Toronto Universiteti bakalavr kurslaridan biriga qabul qilinish uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. U IELTS kamida 6.5 ball bo’lishiva hech qaysi bo’limi 6 dan past bo’lmasligi kerak. Ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatish kuchiga ega boshqa barcha testlar va talab qilingan minimal ballar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Toronto Universiteti bakalavr kurslarga qabul uchun qo’yilgan talablar turli yo’nalishlarda turlicha bo’lishi mumkin, bu yer orqali o’zingizni qiziqtirgan yo’nalishni topib, kirish uchun talablarni ko’rib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun arizasi ko’rib chiqilishini xohlovchi shaxslar oldin o’zlari o’qigan ta’lim muassasasi tomonidan grant uchun tavsiya etilishlari zarur. Bir maktab (litsey, kollej) yiliga faqat bir nafar talabani grant uchun tavsiya qilishi mumkin. Buning uchun ushbu muassasa oldin grant dasturida qatnashish uchun ariza berishi kerak bo’ladi. Nomzodi qo’yilgan talaba Toronto Universitetidagi biror bakalavr kursiga o’qishga hujjat topshirishi ham kerak. Kurslarga qabul sanalari turlicha, ularni ko’rib chiqib, biriga hujjat topshirgach, Lester B. grant dasturida ishtirok eta olasiz. Nomzodingiz tavsiya etilib, kursga topshirgan hujjatlaringiz qabul qilingach Lester B. grantiga onlayn ariza topshirishingiz mumkin bo’ladi.

Muhim sanalar:

  1. Nomzod o’qigan maktab (kollej yoki litsey) tomonidan nominatsiya taklif etish uchun so’nggi muddat: 2018-yil 30-noyabr.
  2. Universitet bakalavr kurslariga hujjat topshirish uchun so’nggi muddat: 2018-yil 17-dekabr. Kurslarga 2018-yil 1-noyabrdan kechikmasdan hujjat topshirish tavsiya etiladi, chunki kurslar hujjat topshirish boshlangadigan boshlab to’lib boradi va qishda ba’zi kurslarda joy qolmasligi mumkin.
  3. Lester B. granti uchun onlayn ariza berish uchun so’nggi muhlat: 2019-yil 15-yanvar.

Natijalar 2019-yil aprelda e’lon qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun pearson.scholarship@utoronto.ca elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!