×

Kanada: Bakalavriat bosqichi uchun 6 512 AQSh dollargacha grant


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1486 marta

Kanadada joylashgan University of Guelph 2020-o‘quv yili uchun International Student Entrance Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi barcha bakalvriat bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun moʻljallangan. Grant a’lo baholar va shaxsiy fazilatlar asosida saralangan talabalarga beriladi. Grant bir yil muddatga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetning bakalavriat bosqichlarida oʻqish haqi bir yilga taxminan 22 091 dan 29 175 CAD (taxminan 16 923 dan 22 350 USD)gacha. Kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin.

Grant yutib olgan nomzodlarga oʻqishning birinchi yiliga 5 500 – 8 500 AUD (taxminan 4 213  – 6 512 USD) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Grant nomzodning kontrakt pulini qisman toʻlaydi va yashash xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitetda oʻqitiladigan bakalavriat kurslaridan biriga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  4. Nomzod tegishli soha boʻyicha “Attestat o Srednam (Polnom) Obshchem Obrazovani – Certificate of (Completed) Secondary Education with good grades”, ya’ni attestat/kollej/litsey diplomi yoki 11 yillik maktab attestati topshiradi. Oʻzbekistonliklar uchun diplom va baholarga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
  5. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetda oʻqitiladigan bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Hozir 2020-yilning kuzida boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin. Grantga alohida hujjat va ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanasi farq qiladi. Umumiy holda 2020-yil 15-yanvardan 1-martgacha ariza berish mumkin. Grantga dedlayn – martgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini va dedlayn muddatlarini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Hujjatlarinigiz universitet talablariga mosligini shu yerdagi Oʻzbekiston nomi bian berilgan ma’lumotlardan tekshirib oling.
  5. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  6. Shu yerdagi ma’lumotlardan foydalanib, ariza topshiring.
  7. Hujjatlarni dedlayndan 9-12 oy avval topshirish lozim.
  8. Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Bu haqida: shu yerdan bilib oling.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
  • Attestat.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat/pasport nusxasi.
  • Tibbiy ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda internat@uoguelph.ca manzili orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, outlining researchning tanlangan tadqiqotga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: internat@uoguelph.ca

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!