×

Kanada: Bakalavriat bosqichi uchun 22 565 AQSh dollargacha grantlar!


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

2175 marta

Kanadada joylashga Lakehead University chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan International Entrance Scholarships 2020-2021 moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu moddiy ta’minot dasturi eng a’lochi va eng umidli chet ellk talabalarga moddiy yengillik berish maqsadida tashkil etilgan. Grantlar Lakehead universitetidagi barcha bakalavriat kurslari uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat kurslarida oʻqish haqi tanlangan sohaga qarab farq qiladi. Kontrakt narxlari bilan batafsil: shu yerda tanishing.

Moddiy yordam dasturi doirasida beriladigan grant miqdori talabaning oʻzlashtirish darajasi, ya’ni baholaridan kelib chiqib belgilanadi:

  • 90% va undan yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega talabalarga butun kurs uchun umumiy 30 000 CAD (22 565 USD) grant beriladi, bunda yillik grant miqdori 7500 dollarga toʻgʻri keladi. Bunda grant keyingi yili ham berilishi uchun talaba shu koʻrsatkichni ushlab turishi zarur. Ya’ni, keyingi yil ham grant olish uchun bu yil ham 90% natija koʻrsatishi kerak.
  • 80,0% va 89.9% oraligʻida oʻzlashtirish darajasiga ega talabalarga butun kurs uchun umumiy 20 000 CAD (15 043 USD) grant beriladi. Bunda yillik grant miqdori 5000 dollarga toʻgʻri keladi. Grant berilishi davom etishi uchun bu grantda ham talaba kamida 80% oʻzlashtirish koʻrsatkichini saqlab qolishi shart.
  • Oʻzlashtirish darajasi 0-79.9% boʻlgan talabalarga 4 000 CAD (3 008 USD) ga teng bir martalik grant oʻqishning birinchi yili uchun beriladi.

Grant ta’minoti talabaning oʻqishi tugagunigacha (koʻpi bilan 4 yil) davom etadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Kanadadan boshqa davlat vakillari bu grantga ariza bera oladi.
  2. Grantlar Lakehead universitetiga bakalavr bosqchiga eng yuqori ballar bilan qabul qilingan chet ellik talabalarga beriladi.
  3. Nomzod litsey, kollej yoki yuqori maktabni bitirishi bilan universitetda oʻqishi boshlanadigan vaziyatda boʻlishi kerak.
  4. Nomzod bakalavr kurslariga hujjatlarini yuqori maktab, kojjel yoki litseyning soʻnggi kursida oʻqiyotgan payti topshirgan boʻlishi va oʻqishni tugatishi va bakalavr kursiga kirishi oraligʻida yil oʻtmagan boʻlishi zarur.
  5. Nomzod yuqori maktab, kollej yoki litseyni tamomla(yot)gan boʻlishi kerak.
  6. Nozmodning baholar yaxshi va a’lo boʻlishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi U IELTS’dan kamida 6.5, TOEFL IBT’dan kamida 80, PBT’dan kamida 550 va CBT’dan kamida 213 ball toʻplagan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlarga alohida ariza topshirish shart emas. Lakehead universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirgan va qabul komissiyasi tomonidan oʻqishga loyiq topilgan barcha talabalar grantga avtomatik tarzda nomzodlikka qoʻyiladi. Grantlar 2020-2021 oʻquv yili uchun eng yuqori koʻrsatkichlar bilan qabul qilingan eng umidli talabalarga belgilanadi. Dedlayn – 2020-yil 1-mart.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avvalo, qanday qilib hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda tanishib chiqing.
  2. Kerakli kursni: shu yerdan tanlang.
  3. Asosiy kirish talablari bilan: shu yerda tanishing.
  4. Ingliz tili talablari: shu yerda.
  5. Shu yerdagi ma’lumotlardan foydalanib ariza bering.

Kerakli hujjatlar:

  1. Baholar.
  2. Oʻtilgan fanlar haqida ma’lumot.
  3. Ingliz tili testi sertifikati.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!