×

Kanada: Bakalavriat bosqichlarida oʻqish uchun qisman grant; joy – 90ta!


Grant

MUHLAT

15.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1751 marta

Kanadada joylashgan University of Toronto 2020-2021-yilgi bakalavr kurslari uchun President’s Scholars of Excellence Program grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Toronto Universitetiga oʻqishga kirishdan oldin oʻqigan ta’lim muassasalarining rivojiga hissa qoʻshgan yetakchi va umidli talabalarga beriladi. President granti Toronto Universitetining eng nufuzli grant dasturi boʻlib, dastur doirasida har yili taxminan 90 nafar talabaga grant beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 1-yil oʻqish uchun kontraktdan 10 000 CAD (taxminan 7 554 USD) chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Toronto Universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirib 2020-yil kuzdan oʻqish boshlashi kutilayotgan boʻlishi zarur. Oʻqishni boshlab boʻlgan yoki boshqa joyda oʻqiydigan talabalarga grant berilmaydi.
  2. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  3. Nomzod oʻzgacha, ijodiy fikrlovchi va jamoat uchun mas’uliyat his qiladigan shaxs boʻlishi zarur.
  4. Nomzod ilmiy va ijodiy yutuqlarga erishgan boʻlishi kerak.
  5. Nomzod bilim va izlanishga chanqoq boʻlishi lozim.
  6. Nomzod oʻzida kuchli yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan boʻlishi kerak.
  7. Nomzod litsey/kollejni tugatayotgan yoki 2020-yil iyundan keyin tamomlagan boʻlishi va 2020-yil kuzdan bakalavr bosqichida oʻqishni davom ettiradigan boʻlishi zarur.
  8. Toronto Universiteti bakalavr kurslaridan biriga qabul qilinish uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. U IELTS kamida 6,5 ball boʻlishi va hech qaysi boʻlimi 6 dan past boʻlmasligi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Hozir 2020-yil kuzda boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanasi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga dedlayn muddlari farq qiladi, Grant olish uchun esa muhlar – 2020-yil 15-aprel. Ammo tashkilotchi hujjatlarni iloji boricha erta topshirishni ta’kidlaydi.

Nomzod Toronto Universitetidagi biror bakalavr kursiga oʻqishga hujjat topshirishi kerak.

Kerakli hujjatlar (taxminiy):

  • Attestat/kollej/litsey/international baccalaureate/international foundation diploma va ilovasi.
  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Qoʻshimcha imtihon sertfikatilari, tibbiy ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!