×

Kanada: Bakalavriat kurslari uchun qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

15.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1748 marta

Kanadada joylashgan Humber College 2020-oʻquv yili kuzda boshlanadigan kurslar uchun International Entrance Scholarships va Bachelor’s Degree Scholarships dasturlari doirasida bir nechta grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning bakalavriat kurslariga oʻqishga qabul qilingan talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish haqi bir yilga taxminan 14 964 dan 16 673 CAD (taxminan 11 324 dan 12 617 USD)gacha. Kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Yanada aniq ma’lumotni kurs sahifasidan oling.

International Entrance Scholarships. 2020-yil kuzgi semestr uchun talabalarga  20ta 2 000 CAD (taxminan 1 512 USD) chegirma qilinadi.

Bachelor’s degree Scholarships.

  1. Birinchi grant 4 000 CAD (taxminan 3 024 USD) qiymatiga ega va agar talaba kamida 95% natija koʻrsatsa keyingi yillar ham toʻlab beriladi.
  2. Ikkinchi grant – 3 500 (taxminan 2 646 USD) agar talaba 90%-94.9% natija koʻrsatsa, kelasi yillar ham toʻlab beriladi.
  3. Uchinchi grant – 3 000 (taxminan 2 268 USD): 85%-89.9% natija koʻrsatilgan taqdirda qayta toʻlab beriladi.
  4. 2000 CAD – (taxminan 1 512 USD) miqdoridagi grant: 80%-84.9% natija koʻrsatilsagina kurs davomida yana toʻlab beriladi;
  5. 1000 CAD – (taxminan 756 USD) miqdoridagi grant bir marta toʻlanadi. Bunda talaba 75%-79.9% natijani kolej/litseyda koʻrsatgan boʻlishi zarur.

Ushbu grantlar nomzodlarning kolej/litsey/maktabdagi baholariga qarab ajratiladi.

Grant nomzodning kontrakt pulini qisman qoplaydi va uning yashash xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod maktab/kollej/litseyni yaxshi/a’lo baholar bilan tamomlagan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Grant uchun kamida IELTS 6,0 talab qilinadi.
  5. Nomzod kunduzgi tartibda oʻqishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Hozir 2020-yil kuzda boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanasi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Grantga dedlayn – 2020-yil 15-aprel.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  5. Shu yerda ariza topshiring.
  6. Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang.
  7. Ariza topshirish uchun 75 CAD (57 USD) badal toʻlash kerak.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi/baholar.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • Toʻlov kvitansiyasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, ilmiy salohiyati va til bilishi, sohaga oid bilimlari kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!