×

Kanada: barcha bosqichlar uchun qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

6965 marta

Kanadaning Douglas College oliygohi xorilik talabalar uchun har yili bir nechta grantlar taklif etadi. Jumladan, oʻzbek talabalari olishi mumkin boʻlgan grantlar quyidagilar:

  • Regional Entrance Awards – Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari fuqarolari uchun (O’zbekiston ham bor) mo’ljallangan.
  • Education Entrance Scholarships – barcha davlatlar fuqarolari uchun.

Grant dasturidan maqsad – iqtidorli va a’lochi talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Regional Entrance Awards dasturi bo’yicha grant yutib olgan talabalarga 1000 – 2000 CAD (taxminan 795-1590 AQSh dollari) miqdorida mablag’ ajratiladi.
  2. Education Entrance Scholarships dasturi bo’yicha grant yutib olgan talabalarga 2500 CAD (taxminan 1990 AQSh dollari) miqdorida mablag’ ajratiladi.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan harajatlar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Regional Entrance Awards granti uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Granti faqat tegishli davlatlar fuqarolariga ajratiladi (bunday davlatlar ichida Oʻzbekiston ham bor).
  2. Mazkur grantni qoʻlga kiritish uchun quyida keltirilgan qabul muddatlarida nomzod Douglas College oliygohidagi biror dasturga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
  3. Odatda mazkur grantni qoʻlga kirituvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi oʻrtadan yuqori (B) darajada boʻladi va ular odatda IELTS 7 va undan yuqori til darajasi sertifikatiga ega boʻladi.

Education Entrance Scholarships granti uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Mazkur grantni qoʻlga kiritish uchun quyida keltirilgan qabul muddatlarida nomzod Douglas College oliygohidagi biror dasturga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
  • Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Mazkur grant uchun nomzodlar oldingi taʼlim bosqichidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlari,  taʼlim muassasasi va jamiyatdagi faolligi asosida saralanadi.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida shu yerda batafsil bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Oliygohga yiliga 3 marta qabul o’tkaziladi. Ariza berish muhlati har yilning 31-may, 30-sentabr va 31-yanvarida nihoyasiga yetadi. Ushbu uchala qabulda ham yuqoridagi grantni qoʻlga kiritish mumkin.

Hujjat topshirish jarayoni (grantga):

Regional Entrance Awards dasturi uchun alohida ariza berish shart emas. Douglas Collegeʼga hujjat topshirgan tegishli davlatlar fuqarolari avtomatik tarzda grant uchun ham nomzod hisoblanadilar.

Education Entrance Scholarships dasturi uchun nomzod ariza shaklini to’ldirib, dciadmissions@douglascollege.ca elektron pochta manziliga yuborishi kerak. Shuningdek, nomod ariza shaklida koʻrsatilgan hujjatlarni ham arizaga ilova tarzida yuboradi. Grantga ariza berish uchun nomzod Douglas College kurslaridan biriga hujjat topshirgan va Student ID raqamiga ega bo’lishi kerak.

Education Entrance Scholarships granti uchun arizaga ilova qilinadigan hujjatlar quyidagilar:

  1. Ikkita insho (insho mavzulari arizada koʻrsatilgan).
  2. CV/rezyume.
  3. Mukofotlar (akademik yutuqlar, jamoatchilik va ko’ngillilar ishlarida qatnashganlik uchun).
  4. Tavsiyanoma.

Universitet kurslariga qabul jarayoni, tartibi va kerakli hujjatlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Grantlar haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

E-mail: dci@douglascollege.ca

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!