×

Kanada: Biologiya, kimyo va tibbiyot sohasi bakalavriat bosqichi talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; oylik stipendiya – 1 608 AQSh dollar; joy – 65ta!


Grant

MUHLAT

28.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

2599 marta

Kanadaning Lunenfeld-Tanenbaum tadqiqot instituti biologiya, kimyo va tibbiyot sohalarida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichlari talabalariga yozgi tadqiqot dasturini taklif etadi. Stajyorlar rahbar boshchiligida oʻzlarining individual loyihasi boʻyicha laboratoriyada ishlaydilar. Аmaliyot yakunida talabalar oʻz ish natijalarini taqdimot sifatida taqdim etishlari lozim. Аmaliyot natijasida talabalar ilmiy-tadqiqot tajriba va zarur koʻnikmalarga ega boʻladilar. Har yili bu dasturga 65 nafar talaba qabul qilinadi.

Olimlar laboratoriyalarda ishlash uchun stajyorlarni tanlov asosida qabul qilinadi. Аmaliyot dasturi 3 oy davom etadi va stajyorlar toʻliq vaqt (haftasiga 37,5 soat) ishlashlari kerak boʻladi. Dasturning aniq oʻtkazilish sanasi tashkilotchi tomonidan xabar qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichlari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchi tadqiqot dasturida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan talabalarga soatiga 14 CAD (taxminan 11 USD) hamda dam olish vaqti uchun 4% pul mablagʻi ajratadi. Bir haftala talabalar 37,5 soat ishlashini hisobga olganda bu summa haftasiga 525 CAD (taxminan 402 USD), bir oyda esa 2 100 CAD (taxminan 1 608 USD)ni tashkil etadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod dunyoning akkreditatsiyadan oʻtgan universitetlaridan birida 2020-yil may oyida bakalavriat bosqichining kamida 2-kursini tamomlashi kerak.
  • Nomzod biologiya, kimyo va tibbiyot sohalari boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar olib borishga qiziqish bildirishi va intizomli boʻlishi kerak.

Barcha talabar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza berish uchun dedlayn – 2020-yil 28-fevral. Hujjat topshiridan avval: shu yerda dastur haqida toʻliq ma’lumot va talablar bilan tanishib chiqing.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza shakliga soʻralgan maʼlumotlarni qoʻshib, joʻnatish kifoya.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/Rezyume.
  3. Talabaning qiziqish doirasida boʻlgan 3ta sohadan birida tadqiqot olib borish istagini ifodalaydigan cover letter. Sohalar haqida ma’lumot: shu yerda.
  4. Norasmiy baholar varagʻi (reyting daftarchasidan koʻchirma).
  5. 2ta tavsiya beruvchi shaxsning ism-shariflari va kontakt ma’lumotlari. Tavsiyanoma beruvchilar talabaning oʻqish joyidan boʻlgani maqsadga muvofiq.
  6. Ingliz tili sertifikati soʻralishi mumkin.

Hujjatlarni 28-fevralgacha topshiring. Bitta talaba bir marta ariza bera oladi.

Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilmlari, tadqiqotlarda qatnashganligi, ijtimoiy faolligi kabilargakoʻra ikki bosqichda: hujjatlar va suhbat asosida amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan 2-3 kun keyin eʼlon qilinadi. Tanlov katta boʻlganligi uchun, faqatgina suhbatga qabul qilinganlargina ogohlantiriladi. Agar 2-3 kunda pochtaga xat kelmasa, nomzod dastlabki saralashdan oʻtmagan hisoblanadi.

Yanada toʻliq ma’lumot uchun savol-javoblarni oʻqib chiqing.

Bogʻlanish uchun: schou@lunenfeld.ca manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!