×

Kanada: British Columbiya Universitetida bakalavriat kurslari uchun grantlar


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

2188 marta

Kanadada joylashgan The University of British Columbia (UBC) 2020-2021-yilgi bakalavr kurslari uchun Karen McKellin International Leader of Tomorrow award dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning bakalavriat bosqichiga oʻqishga qabul qilingan yetakchi, a’lochi, kreativ va iqtidorli chet ellik talabalarga beriladi. Grantning maqsadi talabani moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant talabaning ehtiyojidan kelib chiqdan holda moddiy yordam ajratadi. Talabaning qancha miqdordagi moddiy yordamga muhtoj ekanligi oʻqish kontrakti, yashash xarajatlari va boshqa barcha xarajatlarni qoʻshib, talaba oilasi bilan toʻlashi mumkin boʻlgan pul miqdorni ayirish orqali hisoblanadi. Talaba imkoni darajasida pul toʻlaydi, qolgan qismini toʻlashga Universitet koʻmaklashadi. Grantni hisoblashda talabaning daromad va sarflarini koʻrsatuvchi hujjatlardan foydalaniladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Kanada fuqarosi boʻlmasligi va oʻqish vaqtida Kanadada oʻqish ruhsatnomasi (study permit) bilan yashashi kerak.
  2. Nomzod UBC’dagai bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirgan/topshirayotgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod avval bakalavr bosqichida oʻqimagan boʻlishi, bakalavr bosqichiga birinchi marta hujjat topshirayotgan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  5. Nomzodning moddiy ahvoli moddiy koʻmaksiz oʻqishi imkonsiz boʻlishi kerak.
  6. Nomzod UBC bakalavr kurslariga qabul uchun belgilangan umumiy, maxsus va til bilishga oid talablarga ham toʻliq javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

2020-2021 oʻquv yili uchun qabul platformasi 2019-yil 1-oktabrdan boshlab ochiladi.

Qabul boshlangach, grant uchun onlayn ariza toʻldirishingiz va 2019-yil 1-dekabrdan kechiktirmay topshirishingiz kerak boʻladi.

Bundan oldin UBC bakalavr kurslaridan biriga ham hujjat topshirib qoʻyish va kursga qabul talablari hamda grant uchun belgilangan til bilish darajasi talablariga mos ekanligingizni tekshirish zarur. Oʻqishga va grantga qabul qilinish uchun nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6.5 (har bir qismdan 6.0 ball) yoki TOEFL IBT 90 darajasida bilishi kerak boʻladi.

Oʻqishga hujjat topshirish jarayoni

British Columbia universitetidagi bakalavr kurslariga hujjat topshirishni quyidagi tartibda amalga oshirishingiz kerak:

  1. Oldin, sizni qiziqtirgan kurslarni oʻrganib chiqib, eng ma’qullarini tanlab oling.
  2. Keyin shu kursga qabul uchun qoʻyilgan barhca talablarni: til uchun talablar va umumiy talablarga mosmisiz, yoʻqmi –aniqlashtiring.
  3. Hujjat topshirish jarayonini boshlang. Buning uchun oldin UBC tizimida shaxsiy profil ochish kerak boʻladi. Hujjat topshirish yil davomida turli semestrlar uchun ochiq boʻladi.
  4. Agar yotoqxona zarur boʻlsa, talabalar turar joyi uchun ham ariza berish kerak boʻladi. Bu faqat oʻqishga qabul qilinganidan keyin koʻrib chiqiladi.
  5. Arizani topshiring. Soʻnggi muddat – 2020-yil 15-yanvar. Ariza topshirishda 114 AQSh dollari miqdoridagi toʻlovni amalga oshirish kerak.
  6. Natijani kuting. Universitet qabul jamoasi natijani yetkazish uchun siz bilan bogʻlanadi.

Ma’lumot uchun: UBC bilan bogʻlaning yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlarni koʻrib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!