×

Kanada: magistratura uchun 100% grant va 13000 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

11380 marta

Kanadada joylashgan Alberta Universiteti tomonidan taqdim etiladigan University of Alberta Master’s Recruitment Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur shu universitetda o’qitiladigan magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan iqtidorli talabalarga beriladi. Grant dasturidan maqsad kelajakda yetuk tadqiqotchi bo’lib yetishishi mumkin bo’lgan umidli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Alberta universitetida o’qitiladigan barcha magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Alberta universitetida 2 turdagi magistratura kurslari o’qitiladi. Course-Based Master’s magistratura kurslari Buyuk Britaniyaning Taught Master kurslariga o’xshash.

Ikkinchi turdagi magistratura kurslari Thesis-Based master’s hisoblanadi, u Buyuk Britaniyadagi Research Master kurslariga mos keladi.

Course-Based magistratura kursiga grant yutgan talaba butun kursning birinchi semestri uchun kontrakt to’lovidan ozod qilinadi va unga 1 yilga 17000 Kanada dollari (taxminan 13000 AQSh dollari) miqdorida stipendiya beriladi.

Thesis-Based magistratura kursiga grant yutgan talaba  12 oy uchun kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi va 17000 Kanada dollari (taxminan 13000 AQSh dollari) miqdorida stipendiya beriladi.

Kontrakt haqida

Talablar:

Grantlar magistratura kurslariga qabu vaqtida eng yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalarga belgilanadi. Grant yutish uchun nomzod Alberta Universitetidagi to’liq stavkada o’qitiladigan (full-time) magistratura kursiga o’qishga qabul qilinishi kerak.

Magistratura kurslari uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod tan olingan bakalavr diplomiga ega bo’lishi va baholari yaxshi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL pBT 550 talab qilinadi. batafsil
  3. Nomzod o’qigan bakalavr kursi yo’nalishi bilan u hujjat topshirayotgan magistratura kursi yo’nalishi bir-biriga mos bo’lishi kerak.
  4. Qanday kursga hujjat topshirilishiga qarab GRE va GMAT testlari natijalari ham talab etilishi mumkin. batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Alberta Universiteti grantiga alohida ariza berilmaydi. Universitetda o’qitiladigan magistratura kurslariga o’qishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant uchun nomzodlikka qo’yiladi. Talabalikka tavsiya etilganlar ichidan eng yuqori ko’rsatkichlarga egalari qabul komissiyasi tomonidan grantga ham tavsiya qilinadilar. Magistratura kurslariga qabulning so’nggi muddatlari qaysi kurs va yo’nalishga hujjat topshirilayotganiga qarab farq qiladi. Hujjat topshirish muhlatlari bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Kurslarga qabul uchun sizni qiziqtirgan magistratura kursi sahifasiga tashrif buyurib, hujjat topshirish muhlati va qabul uchun talablar bilan tarnishing. Kurslarga hujjatlar bu yer orqali qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishing (ariza berishda 100 Kanada dollari (taxminan 76 AQSh dollari) miqdorida ariza to’lovi mavjud).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!