×

Kanada: magistratura va doktorantura uchun 45 ming Kanada dollarigacha grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

15395 marta

Kanadadagi  Kalgari universiteti magistratura va doktorantura talabalariga quyidagi bir qator grantlarni taklif etadi. Bular quyidagilar:

Grantlar oliygohning magistratura va PhD kurslariga qabul qilingan mahalliy va xorijlik talabalar uchun moʻljallangan. Mazkur grantlarga universitetga endi ariza topshirayotgan talabalar ham, oʻqishga qabul qilib boʻlingan talabalar ham hujjat topshirishi mumkin.

 

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant gʻoliblariga oʻzlari tanlangan dastur boʻyicha yiliga 700-45 000 Kanada dollari (taxminan 555-35 677 AQSh dollari) gacha mablagʻ ajratiladi.

  • Alberta Innovates Graduate Student Scholarships – stipendiya miqdori magistratura talabalari uchun yillik 26 000 Kanada dollari (CAD), doktorantura tadqiqotchilari uchun esa yiliga 31 000 CAD. Bundan tashqari AGES Top-Up Value – 18 000 CAD va Major Award Top-Up Value – 12 000 CAD miqdoridagi qoʻsimcha mablagʻni qoʻlga kiritish imkoniyati mavjud. Batafsil: shu yerda.
  • Izaak Walton Killam Doctoral Scholarships – ikki yilgacha yiliga 45 000 CAD ajratiladi.
  • Open Doctoral Awards – 2500 CAD dan 10 000 CAD gacha stipendiya ajratadi.
  • Special Awards – miqdori turlicha.

Magistratura va doktorantura kurslari kontrakt toʻlovlari miqdori bilan shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod oliygohning Graduate Degree Program kurslaridan biriga hujjat topshirishi yoki qabul qilinishi yoxud allaqachon shu kurslardan birida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Graduate Degree Program kurslariga qabul qilingan (kamida ikki yillik) barcha tadqiqotchilar yuqoridagi stipendiya dasturlariga ariza berishlari mumkin.
  • Nomod oʻzi tanlagan grant talablariga javob berishi va grant shartlarini qabul qilishi kerak.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Nomzodning akademik koʻrsatkichlari oliygohga kirish uchun 3.0/4.0, grant dasturi uchun 3.5/4.0 balldan past boʻlmasligi kerak.
  • Grant sohibi oʻqishdan tashqari biror joyda toʻliq stavkada ishlamasligi kerak.
  • Nomzod boshqa biror fond/homiy tomonidan moliyalashtirilmasligi kerak (Izaak Walton Killam Doctoral Scholarship dasturiga ariza bergan nomzodlardan tashqari).
  • Grant dasturlariga arizalar qabul qilish har yili noyabr oyidan boshlanadi.
  • Nomzodlar avvalgi yillarda koʻrsatgan akademik natijalari; tadqiqot mavzusining dolzarbligi, sifati va o’ziga xosligi; mehnat va ilmiy tadqiqot tajribasi; ko’ngillilar safida yoki jamoatchilik bilan ishlash kabi me’zonlar asosida saralanadilar.

Eslatma: oliygohga oʻqishga qabul qilinganlik talabaga grant berilishini kafolatlamaydi. Batafsil talablar: shu yerda.

Shuningdek, har bir grantning oʻz talablari ham bor, ariza topshirishda ular bilan batafsil tanishib chiqish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Universitetga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:

Oliygohga hujjat topshirish uchun Create an eID boʻlimidan roʻyxatdan oʻtib, online application orqali ariza beriladi. Hujjat topshirish muhlatlari tanlangan dasturga qarab farq qiladi, shu sababli bunday muhlatlarni (deeadline) oʻzingiz tanlagan dastur sahifasiga kirib, koʻrib olish kerak boʻladi. Hujjat topshirish toʻlovi – 145 CAD (taxminan 115 AQSh dollari).

        Kerakli hujjatlar:

  • Diplom va baholardan koʻchirma
  • CV
  • Study Proposal
  • Tavsiyanoma (tavsiya beruvchining oʻzi tavsiyanomani onlayn toʻldirishi kerak)
  • IELTS/TOEFL sertifikati (agar talab etilsa)
  • Nomzdoning tezis/maqola yoki nashrlaridan yozma namuna
  • Baʻzi yoʻnalishlar uchun qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, boshqa tildagi hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjima nusxasi bilan taqdim etilishi kerak. Universitetga hujjat topshirish haqidagi batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz.

Grant uchun hujjat topshirish jarayoni:

Grant dasturlariga arizlar qabuli ham har yili 1-noyabrdan boshlanadi va qabul muddati tanlangan dasturga koʻra turlichadir. Ariza berish onlayn ariza boʻlimida  quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Onlayn tizimda Apply for Graduate Awards boʻlimiga kiriladi.
  2. Nomzod oʻzi hujjat topshirmoqchi boʻlgan dastruni tanlab, kerakli maʻlumotlarni joylaydi.

Grant uchun kerakli hujjatlar:

  • Diplom va baholardan koʻchirma
  • CV
  • Research Proposal
  • Statement of Study
  • Tavsiyanoma (oliygohga kirish uchun topshirilgan tavsiyanoma grant uchun ham amal qiladi)

Grant uchun saralash mezonlari bilan BU YERDA batafsil tanishish mumkin.

Hujjar topshrish jarayoni haqida batafsil: shu yerda.

Grant haqidagi toʻliq maʻlumotni oliygohning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: (403) 220-4938

Fax: (403) 289-7635

Email: gsaward@ucalgary.ca

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!