×

Kanada: Magistraturada oʻqish uchun 12 000 AQSh dollargacha grant; joy – 50 tagacha


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

3122 marta

Kanadaning Vankuver shahrida joylashgan The University of British Columbia Affiliated Fellowships Master’s Program dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant universitet tarkibidagi The Faculty of Graduate and Postdoctoral Studies magistratura bosqichi tadqiqotchilariga ikki yilga beriladi. Grant 50 nafar izlanuvchilarni ragʻbatlantirish uchun beriladi.

Grantga nomzod bilimli, aʼlochi, ilmiy salohiyatli, tadqiqotchilikka qiziquvchi boʻlishi talab qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba The University of British Columbia da oʻqish uchun turlicha haq toʻlaydi. Har bir dasturga 3-18 ta minimal toʻlov amalga oshiriladi. Umumiy kontrakt summasi minimal badallarni qoʻshganda kelib chiqadi. Batafsil: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi uchun ikki yilga 176 dan 16 000 CAD (taxminan 134 – 12 000 AQSH dollari)gacha stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari bu grantga ariza bera oladi.
  2. Universitetga 2019-yil 1-sentabrdan oʻqishga qabul qilingan nomzodlar ushbu grantga ariza topshirishlari mumkin.
  3. Grantga ariza topshirgan nomzod magistratura kursi talablariga mos boʻlishi lozim.
  4. Nomzodning tegishli darajadagi bakalavr diplomi boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini qanday darajada yaxgi bilish kerakligi tanlangan yoʻnalish boʻyicha farq qiladi. Shuning uchun ingliz tili talablarini kursning sahifasidan aniqlash kerak. Odatda kamida IELTS 6.5 boʻlishi talab qilinadi.
  6. Nomzod avval The University of British Columbiada oʻqimagan bolishi kerak.
  7. Nomzod Kanada viza talablariga mos boʻlishi talab qilinadi.
  8. Faqat kurs ishi sifatida oʻqitiladigan Master of Business Administration, Master of Management, Master of Engineering (in Faculty of Applied Science), Master of Public Policy and Global Affairs va Doctor of Pharmacy kabi kurslarda oʻqiydigan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.

Grant talablari: shu yerda va shu yerda toʻliq bayon etilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning magistratura kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Undan keyin esa grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshiriladi. Buning uchun quyida berilgan kampuslardan oʻz sohangiz boʻyicha tegishli kursni tanlash kerak.
  1. Keyin esa oʻqishga kirsh uchun ariza toʻldiriladi.
  2. Grantga ariza berish. Hujjat topshirishdan avval yoʻriqnomani batafsil oʻqib chiqing.
  3. Soʻngra grantga ariza shaklini toʻldiriladi. Undan soʻng ikkinchi shaklni ham toʻldirish lozim.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  3. Ingliz tili sertifikati. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
  4. Hujjat topshirayotgan kursga qarab SAT/ACT/LSAT/GRE/GMAT kabi qoʻshimcha sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Magistraturaga research proposal yoki taqdiqot loyihasi talab qilinadi.
  6. Motivatsion xat (agar lozim boʻlsa).
  7. CV/rezyume.
  8. Pasport nusxasi (rangli fotonusxa yoki skaner nusxa topshiriladi).

Tanlangan yoʻnalish va kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qilishi mumkin. Kursga oid qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Oʻqishga kirish uchun dedlayn muddati ham turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun hujjat topshirish jarayonida tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan kontaktlardan hujjatlar tarkibini yana bir marta aniqlash lozim.

Nomzodlar ilmiy ish va mustaqil tadqiqotchilik, taqdim etilayotgan ilmiy loyihasining sifati, a’lo baholari hamda shaxsiy fazilatlariga asosan saralanadi.

Grant natijalari 2020-yil 1-fevralda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: Contact Us

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!