×

Kanada: Oʻsimliklar boʻyicha magistratura va PhD uchun 7 700 AQSh dollarlik grant!


Grant

MUHLAT

15.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1739 marta

Kanadada joylashgan University of Guelph 2020-o‘quv yili uchun Dr. O.M. McConkey Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant McConkey Foundation tomonidan moliyalashtiriladi va universitetning magistratura va PhD (graduate programs) kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Grant 1-3 yil muddatga moʻljallangan. Grant yutib olgan nomzodlar Department of Plant Agricultureda oʻsimlikshunoslik, psixologiya, biotexnologiyalar boʻyicha magistratura va PhD oʻqishlari koʻzda tutilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish haqi bir yil (3 semestr) ga taxminan 19 680 dan 21 751 CAD (taxminan 15000 dan 16 579 USD)gacha. Kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Yanada aniq ma’lumotni kurs sahifasidan oling.

Grant yutib olgan nomzodga bir yilga 10 000 AUD (taxminan 7 700 USD) miqdoridagi stipendiya ajratiladi. Stipendiya 3 semestrga boʻlib toʻlanadi.

Grant nomzodning kontrakt pulini qisman qoplaydi va uning yashash xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitetning magistratura yoki PhD (graduate programs) kurslaridan biriga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavriat/magistratura bosqichini yaxshi/a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi kerak. Oʻzbekistonliklar uchun diplom va baholarga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  5. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning magistratura yoki PhD (graduate programs) kurslarida oʻqish uchun beriladi. Hozir 2020-yilning kuzida boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanasi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Departamentdagi kurslar uchun esa yil davomida ariza berish mumkin. Grantga dedlayn – 15 avgustgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval Applying sahifasini va dedlayn muddatlarini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Hujjatlarinigiz universitet talablariga mosligini shu yerdagi Oʻzbekiston nomi bian berilgan ma’lumotlardan tekshirib oling.
  5. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  6. Shu yerdagi ma’lumotlardan foydalanib, ariza topshiring.
  7. Hujjatlarni dedlayndan 9-12 oy avval topshirish lozim.
  8. Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang. Hujjatlarning texnik holati va hajmiga qoʻyiladigan talablar haqida shu yerda ma’lumot berilgan.
  9. Ariza topshirish uchun 110-150 CAD (84 – 114,33 USD) badal toʻlash kerak.
  10. WebAdvisor tizimi orqali ariza holatini tekshirib boring.
  11. Grant uchun arizani toʻldirib, 15-avgustgacha Department of Plant Agriculturega joʻnating.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
  • Bakalavr/magistr diplomi. Tegishli soha boʻyicha magistr diplomi topshiriladi.
  • Diplom ilovasi/baholar. Oʻzbekistonliklar uchun diplom va baholarga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • Toʻlov kvitansiyasi.
  • Research proposal.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Savollar tugʻilganda https://www.plant.uoguelph.ca/contact manzili orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, ilmiy salohiyati va til bilishi, sohaga oid bilimlari kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: https://www.plant.uoguelph.ca/contact

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!