×

Kanada: Postdoktorlar uchun tadqiqot dasturi; yillik 37,439 AQSh dollar grant; yo’l xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

08.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1841 marta

Kanadaning Vankuver shahrida joylashgan The University of British Columbia Killam Postdoctoral Research Fellowship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant postdoktor bosqichi tadqiqotchilariga ikki yil muddatga beriladi. Grant universitet postdoktor bosqichlarida oʻqishni xohlagan 3-5 nafar izlanuvchilarni ragʻbatlantirish uchun beriladi.

Grant universitetga butun dunyodan innovatsion tadqiqotlar olib boruvhi mutaxassislarni jalb etish maqsadida tashkil etilgan. Grantga nomzod tirishqoq, bilimli, aʼlochi, ilmiy salohiyatli, tadqiqotchilikka qiziquvchi boʻlishi talab qilinadi. Nomzodlar universitetga yangi intellektual gʻoyalar olib kira olishlari kerak.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi uchun ikki yilgacha har yili 50,000 Kanada dollari (taxminan 37,439 AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Shuningdek, safar xarajatlari uchun 4,000 Kanada dollari (taxminan 2,995 AQSH dollari) mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari bu grantga ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza topshirgan nomzod kamida hujjat topshirishdan 24 oy oldin PhD uchun barcha talablarni bajargan boʻlishi lozim.
  4. Nomzodning tegishli darajadagi bakalavr yoki magistr diplomi boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini qanday darajada yaxgi bilish kerakligi tanlangan yoʻnalish boʻyicha farq qiladi. Shuning uchun ingliz tili talablarini kursning sahifasidan aniqlash kerak. Odatda kamida IELTS 6.5 boʻlishi talab qilinadi.
  6. Nomzod avval The University of British Columbia kampuslaridan birida o`qimagan bolishi kerak.
  7. Nomzod ayni vaqtda o`qituvchilik bilan shug`ullanmayotgan, dars bermayotgan bo`lishi ketak.
  8. Nomzod Kanada viza talablariga mos bo«lishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning postdoktorlik kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Undan keyin esa grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 8-noyabrgacha qabul qilinadi.

Demak, birinchi oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshiramiz. Buning uchun quyida berilgan kampuslardan o`z sohangiz bo`yicha tegishli kursni tanlash kerak.

Ammo hozir oʻqishga ariza topshirish yopiq. Arizalar yozda qabul qilinadi. Ayni oʻsha vaqtda kirish talablari va hujjatlar tarkibi e’lon qilinadi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Magistr/bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  3. Ingliz tili sertifikati. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
  4. Hujjat topshirayotgan kursga qarab SAT/ACT/LSAT/GRE/GMAT kabi qo`shimcha sertifikatlar so`ralishi mumkin.
  5. Magistratura va doktoranturaga research proposal yoki taqdiqot loyihasi talab qilinadi.
  6. Motivatsion xat (agar talab qilinsa).
  7. CV/rezyume.
  8. Pasport nusxasi (rangli fotonusxa yoki skaner nusxa topshiriladi).

Kerakli me’yoriy hujjatlar bilan batafsil tanishing:

Grantga ariza topshirish. Grant uchun hujjatlar tarkibini killam.fellowships@ubc.ca manzili orqali aniqlanadi.

*Tanlangan yoʻnalish va kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qilishi mumkin. Kursga oid qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Oʻqishga kirish uchun dedlayn muddati ham farq qiladi. Shuning uchun hujjat topshirish jarayonida tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan kontaktlardan hujjatlar tarkibini yana bir marta aniqlash lozim.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Ilmiy ish va mustaqil tadqiqotchilik – 60%.
  2. Taqdim etilayotgan ilmiy loyihasining sifati – 30%.
  3. Nomzodning shaxsiy fazilatlari – 10%.

Grant natijalari dedlayn muddatidan keyin tez fursatda oʻqish boshlanguncha eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: killam.fellowships@ubc.ca.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!