×

Kanada: Qishloq xoʻjaligi sohasida magistratura uchun 28 168 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

15.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

2623 marta

Kanadada joylashgan University of Guelph 2020-o‘quv yili uchun Canadian Dairy Commission M.Sc. Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Ontario Agricultural Collegeda oʻqitiladigan qishloq xoʻjligi, chorvachilikka bagʻishlangan magistratura (MSc/graduate) kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Grant 1-3 yil muddatga 2 nafar nomzodga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar quyidagi mavzularda tadqiqot olib boradilar:

  1. adding value to dairy ingredients;
  2. developing new applications and dairy food products based on bio-medicine;
  3. understanding the dairy matrix and the functionality of dairy products;
  4. understanding the microbiology of milk and dairy products;
  5. enhancing sustainable development and eco-efficiency;
  6. controlling water cycle and reducing water usage;
  7. improving farm efficiency;
  8. reducing cost of milk production;
  9. improving animal health and welfare;
  10. reducing risks of antimicrobial resistance.

Grant kimlar uchun?

Magistratura (MSc) bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish haqi bir yil (3 semestr) ga taxminan 19 681 dan 21 751 CAD (taxminan 15000 dan 16 579 USD)gacha. Kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Yanada aniq ma’lumotni kurs sahifasidan oling.

Grant yutib olgan 2 nafar nomzodga oʻqish muddati tugagauncha har yilga 20 000 AUD (taxminan 14 084 USD)dan 2 yilga 40 000 AUD (taxminan 28 168 USD) miqdoridagi stipendiya ajratiladi. Har yillik stipendiya 3 semestrga boʻlib toʻlanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitet tarkibidagi Ontario Agricultural College oʻqitiladigan magistratura (MSc) kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr bosqichini yaxshi/a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi kerak. Oʻzbekistonliklar uchun diplom va baholarga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  5. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet tarkibidagi Ontario Agricultural College oʻqitiladigan magistratura (MSc) kurslarida oʻqish uchun beriladi. Hozir 2020-yilning kuzida boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanasi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Ayrim kurslar uchun esa muddat yoʻq, ya’ni yil davomida ariza berish mumkin. Grantga dedlayn – 15 avgustgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval Applying sahifasini va dedlayn muddatlarini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Hujjatlarinigiz universitet talablariga mosligini shu yerdagi Oʻzbekiston nomi bilan berilgan ma’lumotlardan tekshirib oling.
  5. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  6. Shu yerdagi ma’lumotlardan foydalanib, ariza topshiring.
  7. Hujjatlarni dedlayndan 9-12 oy avval topshirish lozim.
  8. Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang. Hujjatlarning texnik holati va hajmiga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
  9. Ariza topshirish uchun 110-150 CAD (84 – 114,33 USD) badal toʻlash kerak.
  10. WebAdvisor tizimi orqali ariza holatini tekshirib boring.
  11. Grantga hujjat topshirish. Grantga CV/resume, Letter, research proposal va tavsiyanomalarni 15-avgustgacha OAC Awards Committee oacaward@uoguelph.ca manziliga topshiriladi.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
  • Bakalavr diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar. Oʻzbekistonliklar uchun diplom va baholarga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
  • Research proposal.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • Toʻlov kvitansiyasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda gradonln@uoguelph.ca, gradapps@uoguelph.ca yoki gradapps@ouac.on.ca, stipendiaga oid savollarni esa grschol@uoguelph.ca  yoki oacaward@uoguelph.ca manzili orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, research proposalning tanlangan tadqiqotga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: oacaward@uoguelph.ca

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!