×

Kanada: Talabalar uchun prezident stipendiyasi dasturi


Grant

MUHLAT

30.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

11167 marta

Kanadaning Vinnipeg shahrida joylashgan University of Winnipeg shu universitetda o’qitiladigan barcha kurslar uchun amal qiladigan Prezident Granti uchun arizalar qabul qilmoqda. Grantlar o’zida yetakchilik qobiliyati va yuksak iqtidor namoyon qiladigan, yangi o’qishga kirgan xalqaro talabalarga beriladi. Grantning maqsadi Vinnipeg universitetida o’qishni xohlovchi iqtidorli va yetakchi talabalar uchun moddiy yengillik yaratish.

Ushbu grantlarga hujjat topshirish muhlatlari bosqich va dasturga qarab farq qiladi. Hujjat topshirish muhlatlari bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura yoki qo’shimcha kurslarda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur bo’yicha turli kurslar uchun turli miqdordagi grantlar ajratilgan:

  1. Bakalavr bosqichidagi barcha kurslar uchun bir talabaga 5000 AQSh dollari miqdorida grant beriladi.
  2. Magistratura bosqichidagi barcha kurslar uchun ham bir talabaga 5000 AQSh dollari miqdorida grant beriladi (magistratura bosqichi uchun hozir qabul tugagan).
  3. Barcha boshqa qo’shimcha kurslar, jumladan buxgalteriya hisobi kurslari, kollegiat kurslari va ingliz tili kurslari uchun bir talabaga 3500 AQSh dollari miqdorida grant beriladi.

Talablar:

Prezident grantiga hujjat topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod AQSh yoki Kanada fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzodning umumiy baholari ko’rsatkichi 80% dan kam bo’lmasligi kerak.
  3. Nomzod o’zida yuksak yetakchilik qobiliyatini namoyon qilishi kerak.
  4. Nomzod o’zi o’qimoqchi bo’lgan kursga yangi o’qishga kirgan bo’lishi/kirishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastlab nomzod o’zi tanlagan kurslardan biriga hujjat topshirishi lozim. Undan keyin grant uchun quyidagi hujjatlar tayyorlanadi.

  1. Ariza.
  2. Rezyume. Bunda shaxsiy ma’lumotlar bilan birgalikda nomzodning ish tajribasi, volontyorlik va boshqa qo’shimcha dasturlarda qatnashganligi, olgan mukofotlari, nashr qilingan ilmiy maqola/kitob/monografiyalari xronologik ketma-ketlikda yoziladi.
  3. Shaxsiy bayonot (personal statement). Bunda nomzod o’zining liderlik qobiliyatlari, volontyorlik/qo’shimcha mashg’ulotlarga jalb qilinganligi va akademik maqsadlarini 250-500 so’z oralig’ida ifodalab berishi kerak.

Shuningdek, tanlangan dasturga qarab topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar tarkibi o’zgarishi mumkin.

Hujjat topshirish jarayoni

Barcha hujjatlar pochta orqali quyidagi manzilga jo’natilishi va barcha hujjatlar grant uchun belgilangan hujjat topshirish muhlati tugagunga qadar yetib borishi lozim:

Awards and Financial Aid
The University of Winnipeg
515 Portage Avenue
Winnipeg, Manitoba R3B
2E9 CANADA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!