Kanadaning Manitoba shahrida joylashgan The University of Winnipeg 2019-2020-oʻquv yilida President’s Scholarship for World Leaders (for International Students) dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant 2019-yildan birinchi kursga oʻqishga qabul qilingan talabalarga bir yil muddatga beriladi. Grant universitet bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida oʻqishni xohlagan 53 nafar talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grantga nomzod aʼlochi, ilmiy salohiyalti, tadqiqotchilikka qiziquvchi va intiluvchan boʻlishi talab qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba The University of Winnipeg da oʻqish uchun bir yilga taxminan 14,960 dan 21,687 Kanada dollari (taxminan 11,200 dan 16,236 AQSH dollarigacha kontrakt toʻlaydi. Batafsil: SHU YERDA.
Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi uchun 5000 Kanada dollari (taxminan 3,743 AQSH dollari) moliyaviy yordam beriladi.
Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi. Nomzodning turar joy, ovqatlanish, sugʻurt va boshqa qoʻshimcha xarajatlarini talabaning oʻzi toʻlashi kerak.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari bu grantga ariza bera oladi.
- Nomzod universitetga 2019-yildan 1-kursga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Grantga ariza topshirgan nomzod kamida 80% ijobiy bahoga ega boʻlishi kerak.
- Nomzodning tegishli darajadagi attestat, diplom, bakalavr yoki magistr diplomi boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini qanday darajada yaxgi bilish kerakligi tanlangan yoʻnalish boʻyicha farq qiladi. Shuning uchun ingliz tili talablarini kursning sahifasidan aniqlash kerak. Odatda kamida IELTS 6.5 boʻlishi talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitetning bakalavr, magistratura va doktorantura kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Undan keyin esa grantga ariza topshiriladi.
Demak, birinchi oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshiramiz.
- Dastlab, universitet sahifasidan kerakli kursni qidirib topamiz. Masalan, barcha bakalavr bosqichi kurslari: SHU YERDA.
- Roʻyxatdan kurs tanlaymiz.
- Kirish talablari bilan tanishamiz.
- Ingliz tili talablarini ham ko`rib chiqamiz. Universitet uchun eng kamida IELTS 6,5 talab qilinadi.
- Qaysi davlat fuqarosi ekanligiga qarab, ma’lumotga egalik hujjatlari farq qiladi. Oʻzbekiston uchun 9 yillik maktab attestati va 3 qillik kollej/litsey diplomi talab qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza onlayn tarzda topshiriladi.
- Ariza uchun 120 Kanada dollari (taxmiman 90 AQSH dollari) toʻlov toʻlash kerak.
- Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
- GPA 4,0 dan kamida 3,0-3,5 (bu oʻzlashtirish koʻrsatkichi, yaʼni baholar. Odatda GPA 4,0 ballik tizimda baholanadi. Demak, baholarni shu boʻyicha hisoblash kerak. Masalan, GPA 3,0 boʻlsa, diplom ilovasidagi baho 100 dan 75 boʻlishi lozim).
- Ingliz tili sertifikati. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
- Hujjat topshirayotgan kursga qarab SAT/ACT/LSAT/GRE/GMAT kabi qo`shimcha sertifikatlar so`ralishi mumkin.
- Magistratura va doktoranturaga research proposal yoki taqdiqot loyihasi talab qilinadi.
- Motivatsion xat (agar talab qilinsa).
- CV/rezyume.
- Moliyaviy taʼminlanganlik haqida maʼlumotnoma. Kontrakt toʻlash uchun talab moliyaviy taʼminlangan boʻlishi kerak. Shu sababli oʻqishga kirishda bank hisob raqamida yetarli mablagʻ bor-yoʻqligi tekshiriladi.
- Pasport nusxasi (rangli fotonusxa yoki skaner nusxa topshiriladi).
Grantga ariza topshirish. Application formni toʻldirib, quyidagi hujjatlar bilan topshirish kerak:
- 250-500 ta so`zgacha shaxsiy ariza.
- CV/Rezyume.
- Ijtimoy faollik va volontyerlik haqida yozilgan ikkita tazvsiyanoma.
Hujjatlarni 2019-yil 1-iyungacha quyidagi manzilga joʻnating:
Awards and Financial Aid
The University of Winnipeg
515 Portage Avenue
Winnipeg, Manitoba R3B 2E9
*Tanlagan yoʻnalish va kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qilishi mumkin. Shuningdek, yana boshqa qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Shuning uchun hujjat topshirish jarayonida tanlagan kursingi sahifasida koʻrsatilgan kontaktlardan hujjatlar tarkibini yana bir marta aniqlab oling. O`qishga kirish uchun dedlayn muddati ham turlicha. Kerakli hujjatlar tarkibi, dedlayn haqida umumiy maʼlumot: SHU YERDA.
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- akademik yutuqlari;
- oʻzlashtirish koʻrsatkichi;
- shaxsiy va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishganligini tasdiqlovchi mukofotlar va hujjatlar;
- tadqiqotchilik salohiyati;
- volontyurlik faoliyatida ishtiroki;
- yetakchiligi.
Natijalarning eʼlon qilinishi
Grant natijalari dedlayn muddatidan keyin tez fursatda oʻqish boshlanguncha eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun:
Awards, Training, & Communications Officer
Allison Norris
Telefon: 204.786.9093
Ofis: 1RC023C
Elektron pochta: a.norris@uwinnipeg.ca