×

Kanada: University of Guelphda PhD uchun 7 700 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

15.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1439 marta

Kanadada joylashgan University of Guelph 2020-o‘quv yili uchun Keith and June Laver Scholarship in Horticulture dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Ontario Agricultural Collegeda oʻqitiladigan qishloq xoʻjligi, bogʻbonlik va mevali daraxtlarni oʻrganishga bagʻishlangan PhD (graduate) kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Grant 1-3 yil muddatga 2 nafar nomzodga beriladi. Grant June Laver tomonidan Keith Laver xotirasini sharaflash maqsadida tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish haqi bir yil (3 semestr) ga taxminan 19 680,81 dan 21 751,44 CAD (taxminan 15000 dan 16 579 USD)gacha. Kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Yanada aniq ma’lumotni kurs sahifasidan oling.

Grant yutib olgan 2 nafar nomzodga oʻqish muddati tugagauncha har yilga 10 000 AUD (taxminan 7 700 USD) miqdoridagi stipendiya ajratiladi. Har yillik stipendiya 3 semestrga boʻlib toʻlanadi.

Grant nomzodning kontrakt pulini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitet tarkibidagi Ontario Agricultural College oʻqitiladigan horticulture ornamentals, vegetables, fruits, greenhouse, water, energy va fertilizer innovations sohalari boʻyicha PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr/magistratura bosqichini yaxshi/a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi kerak. Oʻzbekistonliklar uchun diplom va baholarga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  5. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet tarkibidagi Ontario Agricultural College oʻqitiladigan PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Hozir 2020-yilning kuzida boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanasi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Ayrim kurslar uchun esa muddat yoʻq, ya’ni yil davomida ariza berish mumkin. Grantga dedlayn – 15 avgustgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval Applying sahifasini va dedlayn muddatlarini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Hujjatlarinigiz universitet talablariga mosligini shu yerdagi Oʻzbekiston nomi bian berilgan ma’lumotlardan tekshirib oling.
  5. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  6. Shu yerdagi ma’lumotlardan foydalanib, ariza topshiring.
  7. Hujjatlarni dedlayndan 9-12 oy avval topshirish lozim.
  8. Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang. Hujjatlarning texnik holari va hajmiga qoʻyiladigan talablar haqida shu yerda tanishing.
  9. Ariza topshirish uchun 110-150 CAD (84 – 114,33 USD) badal toʻlash kerak.
  10. WebAdvisor tizimi orqali ariza holatini tekshirib boring.
  11. Grantga esa faqat 300 ta soʻzdan iborat outlining research topshiriladi.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
  • Bakalavr/magistr diplomi. Tegishli soha boʻyicha magistr diplomi topshiriladi.
  • Diplom ilovasi/baholar. Oʻzbekistonliklar uchun diplom va baholarga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
  • Outlining research. 300 ta soʻz hajmda yoziladi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • Toʻlov kvitansiyasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda gradonln@uoguelph.ca, gradapps@uoguelph.ca yoki gradapps@ouac.on.ca, stipendiaga oid savollarni esa grschol@uoguelph.ca manzili orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, outlining researchning tanlangan tadqiqotga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: gradonln@uoguelph.ca, gradapps@uoguelph.ca gradapps@ouac.on.ca, grschol@uoguelph.ca.

Ontario Agricultural College

University of Guelph

50 Stone Road East

Guelph, Ontario, Canada, N1G 2W1

519-824-4120

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!