×

Kanadada 52 haftalik stajirovka dasturi; 1 875 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

4618 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti hamda Kandaning Insspira Publishing Inc. nashriyoti dasturlash va kompyuter fanlari mutaxassislari hamda web-developerlarni Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Kanadaning Vankuver shahrida joylashgan Insspira Publishing Inc. nashriyotida ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar internet tarmogʻi va korporativ tizimda ish olib borishlari kutilmoqda. Dastur 2019-yil 31-avgust va 2020-yil 30-avgust oraligʻida 52 hafta davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Kompyuter fanlari mutaxassislari, web-developerlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 hafta davomida oylik 1 875 AQSh dollar stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod Computer Sciences boʻyicha mutaxassis boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Insspira Publishing Inc. nashriyotida ishlashi kutilmoqda. Shu sababli WordPress dasturida ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod International Experience Canada viza olishi lozim. Viza soʻrovi uchun: shu yerga murojaat qiling.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-avgustgacha. Hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.

Hujjatlar tarkibi:

Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda  tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga olid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!