×

Kardif universitetining stipendiyali dasturi!


Grant

MUHLAT

15.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1174 marta

Buyuk Britaniyaning Kardif universiteti PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun stipendiyali dastur e’lon qiladi. Dasturning maqsadi – iqtidorli hamda kontrakt pulini to’lashga qiyaladigan talabalarni iqtisoiy qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Nomzod Kardif universitetida mavjud har qanday sohani tanlashi mumkin.

Grant kimlar uchun?

PHD BOSQICHIDA TA'LIM OLISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu stipendiyani qo’lga kiritgan tadqiqotchi talabalr quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrkakt puli to’liq to’lab beriladi.
  • Tadqiqotchi talaba 3 yil davomida Buyuk Britaniyada hayot kechirilishi uchun yetarli bo’lgan yillik stipendiya bilan ta’minlanadi (14 ming 553 yevro). Ushbu stipendiya talaba o’qishni boshlashi bilan berila boshlanadi.
  • Tadqiqot olib borish uchun ketadigan qo’shimcha xarajatlar ham to’liq yoki qisman qoplanadi.

Stipendiya berilishi mo’ljallangan talabalar soni: 7 tagacha.

Talablar:

  • Nomzod kontraktda o’qishga kirgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod boshqa dasturdan stipendiya olmayotgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bolishi lozim (IELTS). IELTS ballariga qo’yilgan talab tanlangan yo’nalishga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli, dastlab universitet saytiga kirib, kerakli yo’nalishni tanlab, til uchun o’rnatilgan va boshqa talablar bilan tanishib olishingiz lozim (Ko’pchilik yo’nalishlar 6.5 yoki 7 ball talab qilinadi).

Dasturga qabul jarayoni:

Aynan stipendiya dasturi uchun to’ldirilishi lozim bo’lgan ariza mavjud emas. Universitet tomonidan qo’yilgan talablarga javob beruvchi nomzodlar, shunchaki, 2018-yilning 15-yanvariga qadar o’zlari tanlagan PhD yo’nalishiga onlayn ariza topshirishlari lozim. Nomzoddan tadqiqot rejasi (research proposal) so’ralishi mumkin, lekin bu barcha yo’nalishlarda ham so’ralmaydi. Ammo ushbu hujjatni topshirish nomzodning tanlanishi uchun yordam berishi mumkin.

Kardif universiteti arizasi to’ldirilib bo’lingandan so’ng, quyidagi harakatlar amalga oshirilishi lozim:

  1. Akademik CV ni yuklash kerak.
  2. Shaxsiy izoh (Personal Statement) joylanishi kerak.
  3. “How do you plan to fund your studies?» degan yerdan “I will be applying for a scholarship/grant” javobi tanlanishi lozim.
  4. “Please give the name of the individual or organization to whom you are applying” deb so’ralgan yerga “I wish to be considered for a Vice-Chancellor’s International Scholarship for Research Excellence” deb yozilishi/tanlanishi kerak.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Buyuk Britaniyaning Kardif

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!