×

Karib orollari: havaskor yozuvchilar uchun 14 kunlik master-klass va sayohat; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

11.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Karib orollari

O'QILGAN

1897 marta

World Nomads sugʻurta kompaniyasi sayohat va sarguzasht janrida hikoyalar yaratuvchi havaskor yozuvchilar uchun tanlov eʻlon qilmoqda. Tanlovda gʻolib boʻlgan uchta eng yaxshi ishtirokchi Panamada New Yourk Times yozuvchisi Tim Neville boshchiligida olib boriladigan 4 kunlik master-klass hamda World Nomads tur-operatori bilan boʻladigan 10 kunlik sayohatda qatnashish imkoniga ega boʻladilar. Sayohat 2020-yil 14-28 sentabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

Havaskor yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻolib ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Panamaga borish va qaytish uchun aviabilet.
  • Panamada professional sayohat va sarguzasht asarlar yozuvchisi Tim Nevill olib boradigan 4 kunlik barcha harajatlari qoplanadigan mahorat darslari.
  • Karib dengizining muayyan qismida 10 kunlik barcha xarajatlarni to’lagan sayohat.
  • Toad & Co. tomonidan taqdim etiladigan 500 AQSh dollarlik sayohat kiyimlari va jihozlari.
  • Sayohat davomida yaratilgan portfolioni Milliy Joʻgʻrojiya muharriri Nori Kvintos tomonidan ko’rib chiqish imkoniyati.
  • World Nomads tomonidan tashkillashtirilgan sayohat davomidagi viza, emlash hamda sayohat sug’urtasi xarajatlari.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Nomod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (tilni bilish sertifikati talab etilmaydi).
  4. Nomzod sayohat va sarguzasht janrida hikoyalar yaratuvchi havaskor yozuvchi boʻlishi kerak.
  5. Professional yozuvchilar hamda daromadining 25 foizdan koʻp qismini yozgan asarlari hisobiga oluvchilar tanlovga ariza bera olmaydilar.

Batafsil maʼlumot uchun savol-javoblar bilan tanshib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2020-yil 11-martgacha onlayn arizani toʻldirish hamda berilgan uchta mavzuning biri boʻyicha 700 ta soʻzdan iborat sarguzasht hikoya yozish talab etiladi.

Ariza va hikoya ingliz tilida boʻlishi zarur.

Dastur haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

E-mail: scholarships@worldnomads.com

Facebook: https://www.facebook.com/worldnomads

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!