Tatariston Respublikasi (Rossiya Fediratsiyasi) Yoshlar Ishlari Vazirligi hamda Islom Hamkorlik Yoshlar Forumi (Islamic Cooperation Youth Forum (ICYF) 2025-yil 27-30-avgust kunlari Tataristonning Qozon shahrida Kazan Global Youth Summit 2025 (Qozon Global Yoshlar Sammiti 2025) o‘tkazmoqda.
Bu sammit mahalliy, mintaqaviy va xalqaro darajada yoshlar siyosati, shuningdek, bolalar va yoshlar ishtiroki boʻyicha fikr va ilgʻor tajribani almashish uchun unikal taʼlim platformasi boʻlib xizmat qiladi.
Bu yilgi sammitning asosiy mavzusi: Education of Personality in the Era of Global Changes: Values-based Career Development.
Sammitda bir qancha kichik mavzular ham mavjud boʻlib, ular bilan BU YERDA tanishish mumkin “Summit topics” boʻlimi).
Ushbu sammit vazirlar yalpi majlislari, panel muhokamalari, interfaol seminarlar hamda madaniy dasturlarni o‘z ichiga oladi.
Sammit mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Maʼlumot uchun: oʻtgan yili ushbu sammitda jami 110 nafar ishtirokchi qatnashgan.
Grant kimlar uchun?
18-35 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Sammit uchun qabul qilinganlar quyidagi imkoniytlarga ega boʻladi:
- 2025-yil 27-30-avgust kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitda bepul ishtirok etish imkoniyati.
- Turar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi lozim:
- Nomzod quyidagi davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak: Islom Hamkorlik Tashkilotiga (IHT) aʼzo davlatlar, IHT kuzatuvchi davlatlari, BRICS davlatlari va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlari (buning ichida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston ham bor).
- 18-35 yosh boʻlish lozim.
- Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish lozim.
- Nomzodlarni saralash jarayonida yoshlar birlashmalari yetakchilari, xalqaro tashkilotlarning yoshlar ishlariga masʼul vakillari, yoshlar orasida taʼsirga ega shaxslar (inluencer), yosh tadbirkorlar va akademiklar ustunlik beriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2025-yil 10-iyumga qadar qabul qilinadi. Arizani onlayn shaklda BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.
Eslatma: Tashkiliy qo‘mita faqat tanlab olingan ishtirokchilar bilan bog’lanadi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin sammit haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Sammit boʻyicha savollar yuzasidan quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin: academy@youthdiplomacy.ru