×

Qozon shahrida 3 kunlik sammit: turar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.07.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

10599 marta

Tatariston Respublikasi (Rossiya Fediratsiyasi) Yoshlar Ishlari Vazirligi hamda Islom Hamkorlik Yoshlar Forumi (Islamic Cooperation Youth Forum (ICYF) 2023-yil 28-30-avgust kunlari Tataristonning Qozon shahrida Kazan Global Youth Summit 2023 (Qozon Global Yoshlar Sammiti 2023) o‘tkazmoqda.

Bu sammit mahalliy, mintaqaviy va xalqaro darajada yoshlar siyosati, shuningdek, bolalar va yoshlar ishtiroki boʻyicha fikr va ilgʻor tajribani almashish uchun unikal taʼlim platformasi boʻlib xizmat qiladi.

Bu yilgi sammitda quyidagi 5 ta yoʻnalishdan biri boʻyicha qatnashish mumkin:

  • Family values (oilaviy qadriyatlar)
  • Life and dignity (hayot va qadr-qimmat)
  • Mutual respect and mutual understanding (oʻzaro  hurmat va oʻzaro tushunish)
  • Lifelong education and professional self-realization (bir umrlik taʼlim va kasbiy jihatdan oʻz-oʻzini anglash)
  • Friendship of nations and national identity (xalqlar doʻstligi va milliy oʻziga xoslik)

Ushbu sammit vazirlar yalpi majlislari, panel muhokamalari, interfaol seminarlar hamda madaniy dasturlarni o‘z ichiga oladi.

Sammit mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Maʼlumot uchun: oʻtgan yili ushbu sammitda jami 300 nafar ishtirokchi qatnashgan.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sammit uchun qabul qilinganlar quyidagi imkoniytlarga ega boʻladi:

  • 2023-yil 28-30-avgust kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitda bepul ishtirok etish imkoniyati.
  • Turar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi lozim:

  • Nomzod quyidagi davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak: Islom Hamkorlik Tashkilotiga (IHT) aʼzo davlatlar, IHT kuzatuvchi davlatlari, BRICS davlatlari va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlari (buning ichida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston ham bor).
  • 18-35 yosh boʻlish lozim.
  • Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish lozim.
  • Nomzodlarni saralash jarayonida yoshlar birlashmalari yetakchilari, xalqaro tashkilotlarning yoshlar ishlariga masʼul vakillari, yoshlar orasida taʼsirga ega shaxslar (inluencer), yosh tadbirkorlar va akademiklar ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. Arizani onlayn shaklda BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

Eslatma: Tashkiliy qo‘mita faqat tanlab olingan ishtirokchilar bilan bog’lanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin sammit haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Sammit boʻyicha savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Ms. Lyaysan Safiullova, Programme Coordinator:
Email: academy@youthdiplomacy.ru
Telefon: +7 (952) 478-31-98

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!