×

KDB Global Leadership Program: 10 haftalik bepul koreys tili kursi; 2 haftasi Koreyada boʻladi va borib oʻqish uchun barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

10861 marta

Koreyaning Seul milliy universiteti, KDB banki va KDB jamgʻarmasi tomonidan har yili tashkil etiladigan “Global Leaders Program” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dastur ishtirokchilarga jami 10 hafta davomida koreys tili, koreys madaniyati va yetakchilik koʻnikmalarini oʻrganish imkoniyatini beradi. Dasturda bakalavriat, magistratura yoki doktorantura talabalari qatnashishi mumkin (qaysi soha boʻyicha oʻqiyotgani ahamiyatsiz).

Dastur 2 qismdan iborat:

  1. Onlayn kurs: bu kurs 2022-yil 4-iyuldan 26-avgustgacha (8 hafta) davom etadi. Koreys tili boʻyicha maxsus darslar va yetakchilik boʻyicha maʼruzalar oʻtiladi.
  2. Koreyadagi oflayn trening: bu trening 2 hafta davom etadi va 2022-yilning dekabri yoki 2023-yilning yanvarida boʻlib oʻtadi. Bunda ishtirokchilar koreyaga borgan holda mashgʻulotlarda qatnashadi. Trening dasturi turli kompaniyalar va tarixiy joylarga tashriflar, koreya madaniyati bilan tanishish mashgʻulotlari kabilardan iborat boʻladi. Biroq bu safargi dasturda oflayn trening onlayn onlayn tarzda oʻtkazildigan treningga almashtirilishi mumkin (koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga qaraladi).

Dasturga Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Filippin va Veytnamdan jami 40 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Harbir davlatdan qabul qilinadigan ishtirokchilar taqsimoti quyidagicha:

  • Oʻzbekistondan: 3 nafar millati koreys boʻlgan nomzod va 4 nafar koreys millatidan boshqa millatdagi nomzod;
  • Qozogʻistondan: 3 nafar millati koreys boʻlgan nomzod va 4 nafar koreys millatidan boshqa millatdagi nomzod;
  • Qirgʻizistondan: 3 nafar millati koreys boʻlgan nomzod va 4 nafar koreys millatidan boshqa millatdagi nomzod;
  • Filippindan: 3 nafar millati koreys boʻlgan nomzod va 4 nafar koreys millatidan boshqa millatdagi nomzod;
  • Vetnamdan: 4 nafar millati koreys boʻlgan nomzod va 4 nafar koreys millatidan boshqa millatdagi nomzod qabul qilinadi.

Dasturga ariza berish bepul.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistr va doktorantlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kursda qatnashish bepul.
  • Koreys tili darsliklari taʼminlanadi va suvinerlar beriladi (onlayn kurs uchun darsliklar va boshqa kerakli materiallar pochta orqali yuboriladi).
  • Eng yaxshi ishtirokchilar turli mukofotlar bilan taqdirlanadi.
  • Koreyada oʻtkaziladigan 2 haftalik treningga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat va hk) qoplanadi. Biroq bu trening koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli bu yil onlayn tarzda oʻtkazilishi ham mumkin.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Filippin yoki Vyetnam fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Yuqorida sanalgan davlatlardan birda bakalavriat, magistratura yoki doktorantura bosqichida tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
  • Istalgan soha boʻyicha tahsil olayotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzod ingliz yoki koreys tilini B2 darajada bilishi kerak. Lekin ariza topshirish uchun til sertifikati majburiy emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 30-aprel, 20:00 gacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi.

1. Dastlab, BU YERDA sayt aʼzosi sifatida roʻyxatdan oʻtish lozim. Bu sahifa faqat koreys tilida ochiladi, ingliz tilini bilib, koreys tilini bilmaganlar sahifani tushunish va roʻyxatdan oʻtishda brauzerdagi avtomatik tarjima xizmatidan foydalanishi mumkin (masalan Chrome brauzerida Google Translate).

2. Roʻyxatdan oʻtilgandan keyn saytga oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni kiritasiz.  Shuningdek, kerakli hujjatlar ham tizimga yuklanishi kerak. Bunda quyidagi hujjatlarni yuklash soʻraladi:

  • Ariza shakli, oʻqish rejasi, oʻzini tanishtirish xati va shaxsiy maʼlumotlar haqidagi shakl. Ushbu hujjatlarni BU YERDAN yuklab olib, ingliz yoki koreys tilida toʻldirish kerak.
  • Talaba ekanlik haqida maʼlumotnoma (ingliz tilida), universitetda olingan baholar (ingliz tilida), pasport nusxasi va millati koreys boʻlganlar tugʻilganlik haqida guvohnomani ham topshiradi. Bu hujjatlar ingliz tilida boʻlmasa va ingliz tiliga tarjima qilinsa, notarial tasdiqlangan holda topshirilishi kerak.
  • Til sertifikat(lari)i. Agar ingliz yoki koreys tilini bilishingizni tasdiqlaydigan xalqaro sertifikatingiz boʻlsa, topshirasiz. Boʻlmasa, topshirilmaydi.
  • Tavsiyanoma. Bunda nomzod onlayn ariza shaklida tavsiya beruvchining email manzilini yozadi. Ariza shakli shu emailga yuboriladi.

Barcha hujjatlar PDF shaklida topshirilishi kerak. Hujjat topshirish bosqichidan oʻtganlardan yuqoridagi hujjatlarning aslini taqdim etish soʻralishi mumkin. Hujjat topshirish bosqichi natijalari 2022-yil 13-mayda email orqali xabar qilinadi.

3. Hujjat topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar onlayn intervyuga taklif qilinadi. Intevryular 2022-yil 19-27-may oraligʻida oʻtkaziladi.

4. 2022-yil 3-iyun kuni yakuniy natijalar eʼlon qilinadi. Dasturga qabul qilinganlar emal orqali xabardor qilinadi.

Qabul jarayoni haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan klp@snu.ac.kr elektron manziliga ingliz yoki koreys tilida murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!