Angliyaning Kembrij universitetida MBA (Master of Business Administration) bosqichida o’qish uchun The Boustany MBA Cambridge Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant Kembrij universitetining 2020-yilning kuzgi semestrida boshlanuvchi bir yillik MBA dasturi uchun ajratiladi. Kembrij universitetining MBA dasturi ushbu yo’nalishda dunyoning eng yetakchi dasturlaridan bo’lib, Boustany granti g’oliblari Kembrij universiteting eng yaxshi kollejlaridan biri bo’lgan Pembroke kollejida ta’lim oladilar.
Ajratilgan grantlar soni: 1ta.
Grant kimlar uchun?
Master of Business Administration yo'nalishi bo'yicha magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni qo’lga kiritgan talabaga quyidagi moddiy ta’minot ajratilgan:
- O’qish kontrakti uchun 23 000 funt sterling miqdoridagi mablag’.
- Amaliyotga aloqador bo’lgan turar joy va oziq-ovqat xarajatlari uchun mablag’.
Cambridge Judge Business Schoolda MBA mutaxassisligi boʻyicha oʻqish toʻlovi 2019-2020-oʻquv yili uchun 55 000 funt-sterlingni tashkil etadi. Kontrakt toʻlovlari haqida batafsil: SHU YERDA tanishish mumkin.
Talablar:
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolik va millatga oid cheklash yoʻq, ammo livanlik nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi).
- Nomzod bakalavr ilmiy darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Grantga ariza berishdan avval Cambridge MBA programmeʼga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi zarur.
- Aʼlo darajadagi akademik baholarga ega boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza topshirishdan avval Cambridge Judge Business School MBA yoʻnalishlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Demak, dastlab universitetga qabul uchun hujjat topshirish zarur.
Cambridge Judge Business Schoolga hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:
- Universitet saytida roʻyxatdan oʻtish. Roʻyxatdan: SHU YERDA oʻtiladi.
- Roʻyxatdan oʻtish uchun 150 funt-sterling badal toʻlanadi.
- Ariza birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganda nomzod suhbatga chaqiriladi.
- Lozim topilsa, dedlayndan 3 hafta oʻtganda nomzod biznes-maktabga suhbatdan oʻtish uchun taklif etiladi.
- Suhbat natijasiga koʻra nomzodga “shartli ravishda qabul qilinganlik” statusi beriladi. Yakuniy qaror yana 3 hafta muddatdan soʻng chiqariladi.
- Oʻqishga qabul qilingan nomzodga pochta orqali xat joʻnatiladi.
Hujjatlar tarkibi:
- Nomzod oʻqigan bakalavriat kursida 25% eng kuchli talabalar qatoriga kirgan boʻlishi kerak.
- Kamida 3 yillik, oʻrtacha 6 yillik sohaga oid ish tajribasi.
- GMAT oʻrtacha 696 ball yoki GRE shunga ekvivalent.
- Rahbardan
- Oʻqish uchun moliyaviy holati yetarliligi haqida maʼlumot.
- Talabalik vizasi.
- 500 ta soʻzgacha hajmda esse.
- TOEFL kamida 110 yoki IELTS kamida 7,5.
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.
MBA dasturiga qabul qilingandan keyin nomzodlar grantga hujjat topshirishi mumkin. Grant uchun taqdim etiladigan hujjatlar quyidagicha:
- Rezyume (fotosurat bilan).
- GMAT natijalari.
- Oʻqishga qabul qilinganlik haqidagi hujjat.
Ushbu hujjatlar 2020-yil 15-may kunigacha admissions@boustany-foundation.org elektron manziliga joʻnatilishi kerak.
Saralab olingan nomzodlar suhbatdan o’tadilar va g’olibga 2020-yilning iyun oyida grant taqdim etiladi.
Bogʻlanish uchun: info@boustany-foundation.org.
Amaliyot
Grant taqdim etilgan nomzod Boustany fondida ikki oylik bepul amaliyot o’tashi kerak bo’ladi. Amaliyot dasturlari va mavzulari turlicha. Bu amaliyot talab qiladigan harajatlar ham ta’sischilar tomonidan qoplab beriladi.