×

Kent Business School: magistratura kurslari uchun 3000 funt sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

31.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1834 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Kent unversiteti Kent biznes maktabining Kent Business School Hardship Bursary grant dasturiga arizalara qabul qilinmoqda. Grantlar Kent universiteti biznes fakulteti magistratura kurslariga qabul qilingan talabalarga beriladi. Boshqa ko’plab grant dasturlaridan farqli o’laroq bu grant dasturi a’lochi talabalarni saralab olmaydi. Grantlar moliyaviy ko’makka muhtoj talabalarga beriladi va akademik shartlar belgilamaydi. Kent Business School magistratura kurslari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga 3000 funt sterlinggacha grant beriladi. O’qish xarajatlari

Talablar:

  • Grantni yutib olish uchun nomzod Kent Business School magistratura kurslaridan biriga to’lov shartnoma asosida o’qishga kirgan bo’lishi va moliyaviy ko’makka muhtoj ekanligini ko’rsatishi zarur.
  • Magistratura kurslariga qabul uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 90 ball talab etiladi. Ingliz tilini B2 darajasida bilishingizni ko’rsatuvchi boshqa test natijalari ham qabul qilinadi. Bu hafqida batafsil
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  • Kurslarga qabul uchun boshqa talablar ham mavjud bo’lib, ular aynan qaysi kursga hujjat topshirishingizdan kelib chiqib turlicha bo’lishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Kent Busines School Hardship Bursary grantini yutib olish uchun avval Kent Business School magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishingiz kerak.  Magistratura kurslariga hujjatlar 2020-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun bu yerdagi kurslar ro’yxatidan o’zingizga kerakli kursni tanlab, shu kurs sahifasidagi “apply” tugmasini bosish kerak. Barcha hujjatlar onlayn qabul qilinadi.

Magistratura kursiga qabul qilinganligingiz haqida xabar kelganidan keyingina grantga ariza berish mumkin bo’ladi. Grantga ariza berishning so’nggi muhlati 2020-yil 31-avgust.  Bu vaqtga magistratura kursiga imkon qadar ertaroq hujjat topshirishingiz zarur. Grant ariza shaklini to’ldirishda 700 so’zdan oshmagan motivatsion xat ham ilova qilish kerak bo’ladi.

Kent universiteti, kurslar, grantlar va qabul to’g’risida savollaringiz bo’lsa, bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!