×

Angliya: Muhandislik boʻyicha magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 4000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1813 marta

Angliya Kenterberi shahrida joylashgan University of Kent tarkibidagi School of Engineering and Digital Arts 2019-2020-oʻquv yilida muhandislik va raqamli sanʼat (digital arts) fanlari boʻyicha bakalavriatdan keyingi bosqichlarda oʻqish va ilmiy tadqiqotlar olib borishni xohlovchi kuchli bilimli talabalarni ragʻbatlantirishni naarda tutuvchi Kent Engineering and Digital Arts Postgraduate Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi.

Stipendiatlar ochiq eshiklar kuni, maʼrifiy tadbirlar kabi universitet tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarga yordam berish uchun jalb etilishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavrdan keyingi bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga bir martalik 4000 funt-sterling mablagʻ beriladi.

University of Kent magistratura kursida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 2 543 dan 19 000 funt-sterling. Kontrakt hajmi haqida batafsil: SHU YERDA tanishing.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod School of Engineering and Digital Artsning quyidagi dasturlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi/topshirishi kerak:
  1. Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  2. Ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  3. Bakalavr yoki magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Britaniyada oʻqish uchun moliyaviy ahvoli yetarli boʻlishi lozim.
  5. Stipendiya yutib olgan talabalar universitet tashkil etadigan tadbirlarga yordamchi sifatida jalb etilishlari mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning yuqori akademik oʻzlashtirishi, sohaga tegishli tajriba, salohiyati va kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 31-mayga qadar qabul qilinadi va jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich. Avvalo, yuqorida koʻrsatilgan dasturlardan biriga onlayn tarzda ariza berish kerak.

Masalan, “Digital Arts – PhD” dasturiga hujjat quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Kerakli dasturni tanlash lozim. Barcha dasturlar: SHU YERDA koʻrsatilgan. Roʻyxatdan “Digital Arts – PhD” dasturini tanlanadi.
  2. Dastur sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Sahifa oxiridagi “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldirish kerak.

Oʻqishga qabul uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Magistr diplomi.
  2. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5-7.0 va/yoki undan yuqori).
  3. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  4. Rezyume (agar soʻralsa).
  5. Diplom va ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi.

Oʻqishga hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA berilgan.

2-bosqich. Stipendiya olish uchun ariza oʻqishga kirganlik haqida maʼlumot kelgandan keyin beriladi:

  1. Arizani talabalar portali orqali topshiriladi.
  2. Tizimgan kirgandan keyin “My Scholarships and Bursaries” boʻlimiga oʻtiladi.
  3. Boʻlimda ariza berish mumkin boʻlgan grantlar roʻyxati chiqadi. Shular ichidan “Kent Engineering and Digital Arts Postgraduate Scholarship (for International students)” tanlanadi va “Apply” yozuvi bosiladi.
  4. Soʻralgan maʼlumotlar bilan birga Microsoft Word yoki PDF 750 ta soʻzdan oshmagan esse ham yuklash kerak.

*Muhim: Hujjatni 2019-yilning 31-mayigacha topshirish kerak.

Grant puli stipendiatlarga oʻqish boshlangandan keyin 3 oy ichida toʻlanadi.

Murojaat uchun:

Manzil: University of Kent, Canterbury, Kent, England, CT2 7NZ 

Telefon: +44 (0)1227 764000

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!