×

Kent State University (AQSh) – bakalavriat uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3244 marta

AQSHning Kent shahrida joylashgan Kent State University (KSU) oliygohi 2019- yilning kuzida o’qishni boshlaydigan bakalavr bosqichidagi chet ellik talabalariga Undergraduate Merit-Based Scholarship for International Students grant dasturini taklif etmoqda. Dastur yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lgan chet ellik talabalarni moliyaviy jihatdan qo’llab – quvvatlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Shu sababli grantga ariza topshirishda AQSHdagi oliygohlarga kirish, aksariyat garant dasturlariga hujjat topshirish uchun talab etiladigan SAT, ACT kabi imtihonlarni topshirish shart emas.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu mukofotga sazovor bo’lgan stipendiantga 2 000 AQSh dollaridan 15 000 AQSh dollarigacha miqdorida bir martalik mukofot ajratiladi.

KSU Universiteti filiallari va unda ta’lim olish harajatlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

  • Nomzod AQSh fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  • Nomzod Kent State University (KSU)ning 2019-yil kuzda boshlanadigan bakalavr kurslariga qabul qilingan bo’lishi kerak;
  • Nomzod a’lochi bo’lishi kerak. Talabgor baholarining o’rtacha yig’indisi (GPA) 4.0 balli tizimda kamida 3.0 ni tashkil etishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Garantni yutib olish uchun alohida ariza shaklini to’ldirish talab etilmaydi. KSU ning bakalavr kurslariga 2019- yilning 1- apreligacha (grant deadline) hujjat topshirib unga qabul qilingan, GPA ko’rsatkichi 3.0dan baland bo’lgan talabalarning barchasi grant uchun nomzod deb hisoblanadilar.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

KSU o’z talabalariga har yili 280dan ortiq yo’nalish bo’yicha bakalavr kurslarini taklif etadi. Quyida universitetga kirish uchun talab etiladigan asosiy hujjatlar ro’yxati keltirilgan. Tanlangan yo’nalishga ko’ra bu ro’yxatga qo’shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

  1. Universitetga kirish uchun onlayn ariza to’ldirish zarur.
  2. Arizalarni ko’rib chiqish uchun to’lov (70 AQSh dollari).
  3. Passport nusxasi.
  4. Til sertifilatlari (IELTS 6.0, TOEFL iBT 71, PTE Academic 48);
  5. SAT/ACT testi natijalari (agar mavjud bo’lsa);
  6. Maktab attestati, kollej/litsey diplomi;
  7. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi);
  8. Nomzodning moliyaviy ahvoli haqidagi bank hujjati.

Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlarning original tildagi nusxasi va notarial tasdiqlangan inglizcha tarjimasi talab etiladi.

Tanlangan yo’nalish bo’yicha talab etiladigan qo’shimcha hujjatlar ro’yxati bu yerda.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni universitetning rasmiy sayti yoki savol – javoblardan bilib olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: +1-330-672-7980
E-mail: info@kent.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!