×

KFUPM: Saudiya Arabistonida kimyo boʻyicha magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

22.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Saudiya Arabistoni

O'QILGAN

2639 marta

Saudiya Arabistonida joylashgan King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM) universitetining Kimyo fakulteti tadqiqotga asoslangan magistratura va PhD dasturi taklif qiladi. Hozirda (2023-yil 7-iyun holatiga koʻra) ushbu magistratura va PhD dasturida 2024-yil bahorgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Bu dasturlarga qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda toʻliq grant taqdim etiladi.

Dars mashgʻulotlari va tadqiqot ingliz tilida olib boriladi.

Bu universitet vakillari Grantlar.uz sayti bilan bogʻlanib, ushbu magistratura va PhD dasturiga ariza topshirmoqchi boʻlgan, niyati jiddiy oʻzbek talabalarga ariza topshirish jarayonida universitet professori doktor Khalid Alhooshani shaxsan yordam hamda koʻrsatmalar berishi mumkinligini taʼkidladi.

Taklif etilayotgan dasturlar bilan quyida batafsil tanishing:

Grant kimlar uchun?

Kimyo sohasida magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilinganlarning barchasi quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Yillik stipendiya beriladi (magistratura uchun taxminan 6600 AQSH dollari, PhDuchun taxminan 13 000 AQSH dollari).
  • Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
  • Universitet yotoqxonasidan bepul xona beriladi (jihozlangan va konditsionerga ega xona).
  • Safarga oid quyidagi imtiyozlar taʼminlanadi:
    – Oʻqishning boshlanishida Saudiya Arabistoniga borish va oʻqish tugaganidan keyin vatanga qaytish uchun avichipta olib beriladi.
    – Har yilgi taʼtilda talaba vataniga bir marta borishi va Saudiya Arabistoniga qaytishi uchun aviachipta olib beriladi.
  • Universitet kutubxonasidagi kitoblarni bepul olib ketish orqali ishlatish imkoniyati (semestr oxirida olingan kitoblar qaytarilishi kerak).
  • Universitet oshxonasida arzonlashtirilgan narxda ovqatlar.
  • Bepul bazaviy tibbiy va tishga oid xizmatlardan foydalanish imkoniyati.
  • Hordiq chiqarish uchun sharoitlar/joylar (jumladan, universitetga qarashli plyaj) taʼminlanadi.
  • Universitetda haq toʻlanadigan ishlarda ishlash mumkin.
  • Qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari ham taklif etiladi.

Maʼlumot uchun: Grantning yuqorida keltirilgan imtiyozlari aks etgan hujjatlar har bir kafedrada alohida mavjud. Lekin bu imtiyozlar koʻrsatilgan eʼlon universitet saytiga joylanmagan. Grant imtiyozlari va xususiy shartlari aks etgan hujjat kafedraning ichki hujjati boʻlgani sababli, bu hujjat Grantlar.uz saytiga joylanmadi.

Talablar:

Magistratura uchun umumiy talab:

  • Nomzod 4 yillik bakalavriat bosqichini kimyo sohasida oʻqigan boʻlishi va bakalavriatni oxirgi 5 yil ichida tugatgan boʻlishi kerak.
  • Nomzodga tegishli umumiy GPA va kimyo fanidan olingan GPA 4 lik tizimda kamida 3 boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim: kamida IELTS 6.0 yoki shu darajaga teng TOEFL sertifikat talab etiladi. Lekin ariza topshirish vaqtida IELTS/TOEFL sertifikatiga ega boʻlmaganlar ham hujjatlarini topshira oladi, agar boshqa barcha qabul shartlariga mos boʻlsa, nomzoddan keyinchalik IELTS/TOEFL sertifikatini topshirish soʻraladi.

PhD uchun umumiy talab:

  • Nomzod kimyo sohasida magistraturani tamomlagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim: kamida IELTS 6.5 yoki shu darajaga teng TOEFL sertifikat talab etiladi. Lekin ariza topshirish vaqtida IELTS/TOEFL sertifikatiga ega boʻlmaganlar ham hujjatlarini topshira oladi, agar boshqa barcha qabul shartlariga mos boʻlsa, nomzoddan keyinchalik IELTS/TOEFL sertifikatini topshirish soʻraladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 22-iyungacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi (“Start Your Application” tugmasini bosing). Onlayn portalda roʻyxatdan oʻtilgandan keyin kerakli dasturni tanlash mumkin boʻladi.

Ariza topshirish vaqtida ilmiy rahbarni (supervisor) tanlash mumkin. Shu sababli, avval doktor Khalid Alhooshani bilan bogʻlanib, ilmiy rahbar sifatida uni koʻrsatish tavsiya etiladi (Khalid Alhooshani bilan bogʻlanish maqsadida uning WhatsApp hisobi havolasini olish uchun @abdurauf_neo telegram hisobiga murojaat qiling.

Kimyo boʻyicha magistratura va PhD dasturiga ariza topshirishda talab etiladigan hujjatlar roʻyxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishing:

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval tegishli maʼlumotlar bilan tanishib chiqing:

Qabul 2023-yil 22-iyunda yakunlanadi, yaʼni qabul tugashiga koʻp vaqt qolmagan. Shu sababli, imkon qadar ertaroq harakatni boshlash tavsiya etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!