×

Khalifa University: Birlashgan Arab Amirliklarida bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

9192 marta

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan Khalifa University tomonidan bakalavriat kurslari uchun chet ellik talabalarga beriladigan grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Khalifa Universitetining moddiy yordam dasturi tarkibida President’s Scholarship va Khalifa University Scholarship grantlari mavjud. Grantlar College of Engineering (muhandislik) va College of Science (fan) fakultetlari bo’yicha taqsimlanadi. Tibbiyot fakulteti kurslariga grant berilmaydi.

Universitetda mavjud kurslar ro’yxati

Maʼlumot uchun: mazkur oliygoh dunyoning eng nufuzli univeritetlaridan biri hisoblanadi hamda 2021-yil holatiga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng nufuzli universitetlar roʻyxatida 211-oʻrida turibdi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

President’s Scholarship grantini yutib olgan talabalarga quyidagi tartibda grant belgilanadi:

  • 4 balli GPA tizimida baholari 3,3 ball yoki undan yuqori talabalarning o’qish to’lovi 100% qoplab beriladi.
  • O’rtacha baholari 3,0 – 3,29 ball bo’lgan talabalarning kontrakt to’lovining 75% qismi universitet tomonidan to’lab beriladi.
  • O’rtacha baholari 2,0 – 2,99 ball bo’lgan talabalarning kontrakt to’lovining 50% qismi universitet tomonidan to’lab beriladi.

Khalifa University Scholarship grantini yutib olgan talabalarga quyidagi tartibda grant belgilanadi:

  • 4 balli CGPA tizimida baholari 3,0 ball yoki undan yuqori talabalarning o’qish to’lovi College of Engineering kurslari uchun 50%, College of Science kurslari uchun 75% qoplab beriladi.
  • 4 balli CGPA tizimida baholari 2,5 – 2,99 ball bo’lgan talabalarning o’qish to’lovi College of Engineering kurslari uchun 25%, College of Science kurslari uchun 50% qoplab beriladi.
  • 4 balli CGPA tizimida baholari 2,0 – 2,49 ball bo’lgan talabalarning o’qish to’lovi College of Engineering kurslari uchun 10%, College of Science kurslari uchun 25% qoplab beriladi.

Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

Xalqaro talabalar uchun qoʻyilgam umumiy minimal talablar quyidagilardan iborat:

  • Kamida SAT Math 700, AP Math 3 yoki A Level Math C sertifikatlari matematika imtihoni o’rnida o’tadi.
  • Kursga qabul uchun ingliz tilini kamida IELTS 6,0 darajada bilish talab qilinadi. Lekin til sertifikatini topshirish majburiy emas, boʻlsa, topshiriladi. Universitetga qabulda suhbat boʻlib oʻtadi va suhbatda nomzodning ingliz tili darajasi ham tekshiriladi.
  • Nomzod oʻrta taʼlim muassasasini (maktab, litsey yoki kollej) bitirganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Mazkur grantlarni universitetga qabul qilingan istalgan talaba qoʻlga kirtishi mumkin. Har yilgi qabulda talabalarning koʻrsatkichlariga qarab ushbu grantlar ajratiladi. Arizalar bu yerda qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi.
  3. IELTS yoki TOEFL sertifikati (agar boʻlsa).
  4. Pasport nusxasi.
  5. Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma
  6. Pasport o’lchamidagi fotosurat.

Murojaat: +971 (2) 312 3333, admissions@ku.ac.ae. Savollaringiz bo’lsa, bu yerda so’rashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!