Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Khalifa University tomonidan magistratura va doktorantura kurslari uchun chet ellik talabalarga bir necha turdagi grantlar taklif qilinadi. Ushbu grantlarni Khalifa universitetida mavjud boʻlga istalgan magistrlik yoki doktorantura (PhD) dasturi uchun qoʻlga kiritish mumkin.
Qabul qilinganlar oʻqishni 2024-yil kuzgi semestrdan boshlaydi.
Maʼlumot uchun: mazkur oliygoh 2024-yil fevral oyi holatiga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyoning eng nufuzli universitetlar roʻyxatida 230-oʻrinda turibdi.
Universitetdagi magistratura va doktorantura kurslari roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktorantura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Taqdim etiladigan grantlarning bir qancha turlari bor. Bu grantlar nomzodlarning akademik koʻrsatkichlari, nomzodning tadqiqot qila olish potensiali va boshqa tegishli omillar asosida beriladi.
Magistratura bosqichi uchun beriladigan eng yirik grant quyidagi imtiyozlarni taqdim qiladi:
- Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
- Darsliklar bepul taqdim etiladi.
- Universitet yotoqxonasidan bepul turar joy.
- Bepul tibbiy sugʻurta.
- Abu-Dabiga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (tasdiqlangandan keyin).
- Viza xarajatlari qoplanadi.
Magistratura uchun imtiyozlari yuqorida sanalganlardan biroz kam boʻlgan boshqa grant turlari ham mavjud. Ular bilan BU YERDA tanishish mumkin (Master Scholarship).
PhD (doktorantura) uchun beriladigan eng yirik grant quyidagi imtiyozlarni taqdim qiladi:
- Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
- Oyiga 20 000 AED (taxminan 5450 AQSH dollari) miqdorida bazaviy stipendiya.
- Oyiga 20 000 AED (taxminan 5450 AQSH dollari) miqdorida qoʻshimcha stipendiya. Bu stipendiyani olish universitet tomonidan tasdiqlanishi va nomzod muayyan rivoj talablariga javob berishi kerak.
- Darsliklar bepul taqdim etiladi.
- Xalqari tadqiqot konferensiyalariga qatnashish uchun moddiy yordam (tasdiqlanishi kerak).
- Universitet yotoqxonasidan bepul turar joy.
- Bepul tibbiy sugʻurta.
- Abu-Dabiga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (tasdiqlangandan keyin).
- Viza xarajatlari qoplanadi.
- Oʻqish tugagach, universitetda ishda qolish taklifi berilishi mumkin.
PhD bosqichi uchun imtiyozlari yuqorida sanalganlardan biroz kam boʻlgan boshqa grant turlari ham mavjud. Ular bilan BU YERDA tanishish mumkin (PHD Scholarship).
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagicha:
- Nomzodning bakalavriat/magistraturada oʻqigan sohasi oʻzi topshirmoqchi boʻlgan yoʻnalish/dasturga aloqador boʻlishi lozim.
- Magistraturaga qabul uchun bakalavr diplomiga ega boʻlish va GPA (baholar oʻrtachasi) 4 lik tizimda kamida 3 boʻlishi kerak.
- Doktoranturaga qabul uchun 4 lik tizimda GPA kamida 3,25 boʻlgan magistrlik diplomi yok 4 lik tizimda GPA kamida 3,5 boʻlgan bakalavriat diplomi talab etiladi.
- Nomzod kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL IBT 91 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
- Deyarli barcha kurslarga qabul uchun GRE testi natijalari ham so’raladi (“Quantative score” kamida 150).
Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
2024-yil kuzgi semestrda oʻqishni boshlash uchun arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirishni boshlashdan avval hisob (akkaunt) yaratish talab etiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Diplom va ilovasi.
- Ingliz tili testi sertifikati (kamida IELTS 6.5/TOEFL IBT 91).
- GRE testi sertifikati.
- CV.
- Pasport o’lchamidagi surat, oq fonda.
- Pasport nusxasi.
- Maqsad bayoni (Statement of purpose) –500-1000 so’z.
- Tadqiqot bayoni (Research statement) – bu hujjatni faqat Ph.D. nomzodlari topshiradi (500-1000 soʻz).
Kerakli hujjatlar bilan batafsil BU YERDA tanishing.
Qabul jarayoni bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.
Savollar yuzasida bu sahifaning oxirida keltirilgan kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.