Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Khalifa University tomonidan magistratura va doktorantura kurslari uchun chet ellik talabalardan quyidagi grantlarga arizalar qabul qilinmoqda:
- KU MED Scholarship – tibbiyot sohasida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olishni xohlovchi xorijlik talabalar uchun.
- Master Research Teaching Scholarship (MRTS) – universitetda magistratura bosqichida tahsil olishni xohlovchi xorijlik talabalar uchun.
- Doctoral Research Teaching Scholarship (DRTS) – universitetda doktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalar uchun.
- Combined Master/Doctoral Research Teaching Scholarship (CMDRTS) – mazkur grant ham magistraturani, hamdoktoranturani Khalifa University oliygohida oʻqishni rejalashtirgan xorijlik talabalarga taqdim etiladi. Faqat magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar MRTS, faqat doktorantura bosqichida oʻqishni xohlovcilar DRTS grantiga ariza topsirishi kerak, CMRDTS grantiga emas.
Qabul qilinganlar oʻqishni 2023-yil kuzgi semestrdan boshlaydi.
Maʼlumot uchun: mazkur oliygoh 2022-yil noyabr oyi holatiga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyoning eng nufuzli universitetlar roʻyxatida 181-oʻrinda turibdi.
Universitetdagi magistratura va doktorantura kurslari roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.
Doctor of Medicine dasturi haqida BU YERDA maʼlumot olishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktorantura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
KU MED Scholarship grantini qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
- Oylik stipendiya beriladi.
- Oʻqish to’lovidan (tuition fee) ozod qilinadi.
- Xalqaro va mahalliy tadbirlarda qatnashish uchun moliyaviy yordam koʻrsatiladi.
- Universitet yotoqxonasidan bepul xona beriladi (boʻsh xona mavjud boʻlsa).
- Darsliklar bepul taqdim etiladi.
Master Research Teaching Scholarship (MRTS) grantini qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
- Oʻqish to’lovidan (tuition fee) ozod qilinadi.
- Xalqaro tadqiqot konferensiyalarida qatnashish uchun moliyaviy yordam koʻrsatiladi.
- Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
- BAAga borish va undan qaytish xarajatlari toʻlanadi.
- Oyiga 4000 AED (taxminan 1089 AQSh dollari) stipendiya beriladi.
Doctoral Research Teaching Scholarship (DRTS) grantini qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
- Oʻqish to’lovidan (tuition fee) ozod qilinadi.
- Xalqaro tadqiqot konferensiyalarida qatnashish uchun moliyaviy yordam koʻrsatiladi.
- Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
- BAAga borish va undan qaytish xarajatlari toʻlanadi.
- Oyiga 12000 AED (taxminan 3267 AQSh dollari) stipendiya beriladi.
- Universitet yotoqxonasidan bepul xona ajratiladi yoki turar joy uchun oyiga 2000 AED (taxminan 545 AQSH dollari) yordam puli beriladi (bu turdagi yordam masalasi alohida koʻrib chiqiladi).
Combined Master/Doctoral Research Teaching Scholarship (CMDRTS) grantini qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
- Oʻqish to’lovidan (tuition fee) ozod qilinadi.
- Xalqaro tadqiqot konferensiyalarida qatnashish uchun moliyaviy yordam koʻrsatiladi.
- Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
- BAAga borish va undan qaytish xarajatlari toʻlanadi.
- Magistraturada oʻqish payti oyiga 8000 AED (taxminan 2178 AQSH dollari) va doktoranturada oʻqish paytida 12000 AED (taxminan 3267 AQSh dollari) oylik stipendiya beriladi.
- Universitet yotoqxonasidan bepul xona ajratiladi yoki turar joy uchun oyiga 2000 AED (taxminan 545 AQSH dollari) yordam puli beriladi (bu turdagi yordam masalasi alohida koʻrib chiqiladi).
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagicha:
- Magistraturaga qabul uchun bakalavr diplomi, doktoranturaga qabul uchun magistratura diplomi talab qilinadi. Yozda diplom olishi kutilayotgan bitiruvchi kurs talabalari ham hujjat topshirishlari mumkin.
- Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
- Nomzod kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL IBT 91 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod o’zi tanlagan kursga ichki qabul talablariga mos bo’lishi kerak.
- Deyarli barcha kurslarga qabul uchun GRE testi natijalari ham so’raladi.
Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
2023-yil kuzgi semestrdan boshlab bakalavrdan keyingi bosqichlarda oʻqish uchun arizalarni qabul qilish uchun 2 ta dedlayn belgilangan. Bular quyidagilar:
- 2023-yil 15-yanvargachaga.
- 2023-yil 30-aprelgacha.
Bakalavrdan keyingi kurslar ichida magistratura, magistratura+doktorantura qo’shma kurslari hamda doktorantura kurslari mavjud. Arizani bu yerda boshlashingiz mumkin.
Kerakli hujjatlar:
- Diplom va ilovasi.
- Ingliz tili testi sertifikati.
- GRE testi sertifikati (faqatgina ayrim dasturlarda GRE majburiy emas).
- CV.
- Pasport o’lchamidagi surat.
- Pasport nusxasi.
- Motivatsiya inshosi (500-1000 so’z).
- Tadqiqot taklifi (research proposal; faqat Ph.D. uchun).
Kerakli hujjatlar bilan batafsil BU YERDA tanishing.
Qabul jarayoni bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.