×

KI Global Master’s Scholarships: Magistratura kurslarini Shvetsiyada bepul o’qish uchun grant; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2055 marta

Shvetsiyada joylashgan Karolinska Institutet universiteti tomonidan taqdim etiladigan The KI Global Master’s Scholarships grant dasturiga arizalar 2020-yil 16-oktyabrdan boshlab qabul qilinadi. Ushbu grant Karolinska Institutet oliygohida o’qitiladigan xalqaro magistratura kurslari uchun ajratilgan. Dastur doirasida 10 ta grant berilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talaba o’qish to’lovidan ozod etiladi. Agar u tanlagan kurs boshqa universitet bilan hamkorlikda tashkil etilib, kurs Karolinska universiteti tomonidan faqat qisman o’qitilsa, grant o’qish to’lovining bir qismini qoplaydigan miqdorda ajratiladi. Kontrakt qancha?

Talablar:

  • Nomzod Karolinska universitetining xalqaro magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi va 2021-yil 3-fevraldan oldin ariza to’lovini amalga oshirishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan magistratura kursiga qabul talablariga mos bo’lishi kerak. Qabul talablari kursning yo’nalishidan kelib bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu haqida batafsil bu yerda bilib oling.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi zarur. Bakalavr diplomi yo’nalishiga qo’yilgan talablar tanlangan magistratura kursidan kelib chiqib belgilanadi.
  • Nomzodning baholari yaxshi yoki yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Odatda, qabul uchun kamida IELTS 6,5 talab qilinadi. Ba’zi kurslar uchun 7,0 talab qilinadi. Ingliz tilini bilish darajasiga talablar va qabul qilinadigan test turlari ro’yxati bilan bu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar magistratura kursiga hujjat topshirilgandan keyin yuboriladi. Magistraturaga hujjat topshirsangiz, sizga grant uchun qanday hujjat topshirish mumkinligi haqida xabar va ma’lumotlar yuborishadi. Hujjatlar 16-oktyabrdan boshlab qabul qilinadi. Arizani 2021-yil 15-yanvargacha bu yerda to’ldirishingiz mumkin. Ariza topshirish tizimi 15-yanvarda yopiladi. Ariza to’lovini 3-fevralgacha to’lashingiz zarur.

Hujjat topshirishda birdaniga 4 ta kursga ariza berish mumkin. Saralash jarayoni haqida bu yerda o’qing. Hujjat topshirish uchun:

  1. Bu yerda profil yarating.
  2. Bu yerda kurs tanlang.
  3. Tanlangan kurslar ketma-ketligini
  4. Kerakli hujjatlarni tizimga yuklang.
  5. 900 SEK (103 AQSh dollari) ariza to’lovini to’lang.

Agar savollaringiz bo’lsa, bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!