×

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha Milliy tanlov


Grant

MUHLAT

10.07.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2321 marta

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha milliy tanlov e’lon qildi.

Tanlovning maqsadi kimyo va biologiya fanlari yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini oshirish, ta’lim muassasalari uchun ilg‘or xorijiy tajriba asosida zamonaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish hamda ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Grant kimlar uchun?

O‘qituvchilar, pedagog xodimlar, Fanlar akademiyasi va uning tasarrufidagi ilmiy tashkilotlarda faoliyat yuritgan va yuritayotgan fan mutaxassislari, ilmiy xodimlar, mualliflar guruhi hamda mustaqil izlanuvchilar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G‘olib muallif yoki mualliflar guruhi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 100 million so‘mdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Tanlovda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar, pedagog xodimlar, Fanlar akademiyasi va uning tasarrufidagi ilmiy tashkilotlarda faoliyat yuritgan va yuritayotgan fan mutaxassislari, ilmiy xodimlar, mualliflar guruhi hamda mustaqil izlanuvchilar (yoshi cheklanmagan holda) qatnashishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun arizalar 2023-yil 10-iyulga qadar  Innovatsion rivojlanish agentligi (100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy)ga hamda edu@mininnovation.uz  elektron pochta manziliga “Kimyo va biologiya fanlaridan milliy tanlovga” sarlavha bilan yuborilishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov komissiyasi nomiga ariza (1-ilova).
  • Muallif yoki mualliflar guruhi a’zolarining ma’lumotnomasi (obyektivka).
  • Tanlovga topshirilayotgan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni Davlat ta’lim standarti, o‘quv reja va dasturlari nusxalari.
  • Tanlovga topshirilayotgan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining Kengash yig‘ilishlari muhokamasidan o‘tganligi to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘chirmasi.
  • O‘quv va ilmiy adabiyotlar qo‘lyozmasining elektron va qog‘oz shaklidagi nusxasi (Tanlovga avvalgi yilning iyun oyidan boshlab yangi yilning iyun oyigacha muddatda yaratilgan adabiyotlar qabul qilinadi. Avval tanlovda qatnashgan adabiyotlar tanlovga qayta qabul qilinmaydi).

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon va tanlov nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqing.

Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollar bilan (99871) 203-32-23 (245) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!