×

Kipr universitetining doktorantura grant dasturi


Grant

MUHLAT

01.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kipr

O'QILGAN

3997 marta

G’arbiy Kiprda joylashgan Kipr Universiteti (University of Cyprus) ning doktrorantura talabalari uchun ajratilgan grantlarga arizalar qabul qilish boshlandi.

Kipr universitetida quyidagi fakultetlarda doktorantura kurslari mavjud:

  • Buxgalteriya hisobi
  • Arxitektura
  • Biologiya fanlari
  • Biznes va davlat boshqaruvi
  • Vizantiya va zamonaviy grek fanlari (byzantine and modern greek studies)
  • Kimyo
  • Klassika va falsafa
  • Kompyuter fanlari
  • Iqtisod
  • Ta’lim
  • Elektr va kompyuter muhandisligi
  • Ingliz tili
  • Fransuz va Yevropa fanlari
  • Tarix va arxeologiya
  • Mexanika va sanoat muhandisligi
  • Fizika
  • Psixologiya
  • Turk va o’rta sharq fanlari
  • Fuqarolik va atrof-muhit muhandisligi (Civil and environmental engineering).

Ajratilgan grantlar soni – 55ta.

Grant kimlar uchun?

Kipr universitetiga doktoranturada o'qishga qabul qilinganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant taqdim etilgan talabaning bir yillik o’quv kontrakti uchun 8 000 yevro miqdoridagi pul mablag’i ajratiladi va ikki semestr davomida  4 000 yevrodan alohida to’lab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod Kipr Universitetida to’liq stavkada o’qish uchun qabul qilingan/o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  • Universitetda yoki universitetga aloqador bo’lmagan har qanday lavozimda ishlaydigan talabalar grantga ariza topshirishlari mumkin emas.
  • Boshqa manbadan moddiy ta’minot olayotgan talabalarga ham grantajratilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Kerakli hujjatlar

  1. Ariza.
  2. EuroPass formatdagi CV.
  3. Nomzodning ilmiy ishi haqida tahminan 2 sahifa hajmdagi ma’lumot.
  4. Nomzodning diplomlari va baholari kabi qo’shimcha hujjatlar.
  5. Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalardan birini nomzodning ilmiy rahbari berishi ikerak. Tavsiyanomalarni onlayn tizimga universitetning o’zi joylaydi, shuning uchun ariza topshirish jarayonida nomzod tavsiya beruvchining ism-sharifi va bog’lanish uchun ma’lumotlarini qoldirishi kerak.

Barcha hujjatlar elektron tarzda taqdim etiladi.

Hujjat topshirsh jarayoni

  • Ariza va kerakli hujjatlar SHU YERGA topshirilishi zarur.
  • Nomzodlar o’qishi, baholari, ilmiy yutuqlari, nashrlari va tavsiyanomalarga asosan saralanadi. Nomzodni baholashda ularning ilmiy ishidan kelib chiqib 10 ball, barcha yutuqlari ko’rsatilgan CV ga asoslanib 15 ball va tavsiyanomalarga asoslangan holda 5 ball berilishi mumkin.

Eslatmalar

  • Grant taqdim etilgan talabalar universitetda o’quv mashg’ulotlari olib borishlari, ya’ni dars berishlari kerak kerak bo’ladi. Bu haftasiga 4 soatni tashkil etadi va talabaga haq to’lanmaydi.
  • O’qish davomida yaxshi natija ko’rsatmagan yoki o’qishni tashlab ketgan talabalar uchun grant bekor qilinadi.
  • Ma’lumot uchun: http://www.ucy.ac.cy/graduateschool, fgs@ucy.ac.cy.
  • Grant dasturi nizomi (grek tilida, google tarjimon xizmati orqali tanishib chiqish tavsiya qilinadi):

Kipr universiteti rasmiy vebsayti: http://www.ucy.ac.cy/en/.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!