×

«Vanier Kanada doktorlik stipendiyasi» dasturi – yiliga 38 ming AQSh dollari, joy 166ta!


Grant

MUHLAT

31.10.2018

QOLGAN VAQT

105 kun

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1316 marta

Kanada hukumati magistraturani tugatgan va doktorlik bosqichida o‘qishni xohlaydigan tadqiqotchilar uchun «Vanier Kanada doktorlik stipendiyasi» dasturini e’lon qildi. Dasturda Kanada fuqarolari, chet el fuqarolari, shuningdek, Kanadada doimiy yashovchi rezidentlat qatnashishi mumkin.

Tadqiqot sohalari:

Nomzodlar Kanadadagi universitetlarida ijtimoiy, gumanitar, tabiiy fanlar, injineriya yoki sog‘liqni saqlash sohasiga oid yo‘nalishni tanlashlari va ushbu dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Qabul soni:

Odatda ushbu dasturga har yili 166 nafar atrofida tadqiqoqtchilar qabul qilinadi. Dastur davomiyligi – 3 yil.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiyani qo‘lga kiritgan tadqiqotchilarga yiliga 50 000 Kanada dollari (bugungi kurs bo‘yicha 37 805 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talablar:

  • Vanier dasturi tomonidan kvota ajratilgan universitetlardan birining doktoranturasiga qabul qilingan bo‘lish lozim. Bunda nomzod stipendiya dasturiga ariza topshirishdan oldin vakolatli universitetlardan biri bilan musatqil bog‘lanib, ularga qabul qilinishi va stipendiya dasturiga topshirmoqchi ekanligini aytishi lozim. Shunda universitet uning nomzodini dasturga taqdim etadi.
  • Nomzod 2019-yilning yozgi semestridan o‘qishni boshlashga tayyor bo‘lishi lozim.
  • Nomzod magistraturada yoki unga muqobil bo‘lgan ikki yillik ta’lim bosqichida o‘qigan va diplom olgan bo‘lishi lozim.
  • Nomzod bundan oldin CIHR, NSERC yoki SSHRC dasturlarining stipendiyalari tomonidan taqdirlanmagan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod universitet tomonidan talab etiladigan ingliz tilini bilish darajasiga ega bo‘lishi kerak.

Eslatma: Ushbu stipendiya dasturining hujjat topshirish muddati 2018-yilning 31-oktabrigacha bo‘lsa-da, Kanada universitetlariga qabul muddati ertaroq tugaydi. Shuning uchun nomzodlar universitetlar bilan ertaroq boglanishi va qabul muddati tugamasdan ularga ariza topshirishi lozim bo‘ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, hujjat topshirish jarayoni bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!