×

Vanier Canada Graduate Scholarship: Kanadada doktoranturani oʻqish uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta!


Grant

MUHLAT

01.11.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

17140 marta

Vanier Canada Graduate Scholarship dasturi Kanada oliy taʼlim muassasalariga yuqori malakali doktorantlarni jalb qilishga yordam berish maqsadida tashkil qilingan. Mazkur dasturga Kanada fuqarolari, doimiy rezidentlari va xorijiy davlat fuqarolari oʻzlari qabul qilingan OTM orqali ariza topshira oladi.

Ushbu grant yiliga oʻrtacha 166 nafar doktorantga taqdim etiladi.

Mazkur grantlar quyidagi sohalarda tadqiqot olib borishni xohlagan doktorantlarga beriladi:

  • Health research
  • Natural sciences and/or engineering
  • Social sciences and humanities

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan doktorantlar 3 yil davomida har yili 50 ming dollar mablagʻ bilan taminlanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Dasturga istalgan davlat fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Talabgor avval tegishli Kanada oliy taʼlim muassasalaridan biriga doktorlik dasturiga qabul qilinishi kerak, soʻng universitet uning nomzodini grant uchun koʻrsatishi mumkin.
  • Nomzod oʻzi tanlagan universitet va doktorlik dasturining qabul talablariga, shu jumladan, til talablariga (ingliz yoki fransuz tili) ham javob berishi kerak.

Universitetlar qabul qilingan doktorantlar orasidan eng munosiblarining nomzodini grantga tavsiya qiladi. Doktorantning oʻzi toʻgʻridan-toʻgʻri grantga ariza topshira olmaydi.

Universitetlarga nomzod tavsiya qilish uchun kvota belgilangan boʻlib, kvotalar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

MUHIM: Nomzodlarga talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Doktorantning oʻzi toʻgʻridan-toʻgʻri grantga ariza topshira olmaydi. Avval tegishli universitetlardan birining tegishli fakulteti bilan bogʻlanib, Vanier Canada granti orqali tahsil olish niyatida ekaningizni bildirishingiz, shundan keyin hujjatlarni topshiirshni boshlashingiz kerak. Soʻng universitet arizachilar nomzodini mazkur grantga tavsiya qiladi.

Doktorantning nomzodini grantga tavsiya qilish jarayoni va grant dasturi uchun topshiriladigan hujjatlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Doktoranturaga qabul talablari, shartlari, hujjat topshirish jarayoni, hujjatlar roʻyxati va boshqa maʼlumotlar bilan oʻzingiz tanlagan universitet ve tegishli doktorlik dasturi sayti/sahifasidan koʻrib olishingiz lozim. Universitetlar roʻyxati va ularning nomzod koʻrsatish kvotalari BU YERDA keltirilgan.

Universitetlar tomonidan nomzod koʻrsatishning oxirgi muddati – 2023-yil 1-noyabr. Biroq universitetlarda qabulga oid ichki dedlaynlar mavjud, shu sababli, imkon qadar ertaroq universitet bilan bogʻlanib, harakatni boshlash tavsiya etiladi.

MUHIM: Dasturga harakatni boshlashdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!