×

Kolumbiya: Jurnalist xotin-qizlar uchun 15 kunlik stajirovka; yoʻl, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

14.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kolumbiya

O'QILGAN

1638 marta

Xalqaro International Women’s Media Foundation tashkiloti butun dunyo journalist xotin-qizlarini Adelante Reporting Initiative Fellowship stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturning asosiy maqsadi – Kolumbiyaning Ommaviy axborot vositalari nazaridan chetda qolayotgan muammolariga oid ma’lumotlar yigʻish. Dastur kamida 3 yillik kasbiy tajribaga ega ayol jinsiga mansub 6 nafar jurnalistlar va mustaqil journalistlar uchun moʻljallangan. Stajirovkada nomzodlar yakka yoki juft holda ishtirok eta oladilar. Dastur 2019-yil 26-sentabrdan 11-oktabrgaha boʻlib oʻtadi. Dastur Kolumbiyaning Medellin shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Yakuniy hisobotlar esa Mexiko shahrida boʻladi.

Dastur haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Jurnalist ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar nomzodning dasturda ishtirok etadigan 2019-yil 26-sentabrdan 11-oktabrgacha yashash, oziq-ovqat, yoʻl xarajatlari va turar joy sarflarning barchasini qoplaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod ayol kishi boʻlishi kerak.
  3. Nomzod journalistmustaqil journalist boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini bilishi lozim. Yozma va ogʻzaki ingliz tili a’lo darajada boʻlishi shart.
  5. Nomzod soha boʻyicha chuqur bilim va kamida 3 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlishi zarur.

Barcha talablar: shu yerda koʻrsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 14-iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dasturga ariza topshirishdan avvalonlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish lozim. Ariza va barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak.
  2. Keyin esa shaxsiy kabinetda ariza toʻldiriladi. Ariza qanday toʻldirilishi haqida namuna: shu yerda Hujjatni diqqat bilan oʻqib chiqing va undan soʻng jarayonni boshlang.

Dasturga ariza berish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda info@iwmf.org manziliga murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza onlayn tarzda ingliz tilida toʻldiriladi.
  2. CV/resume.
  3. Ariza ichida Statement of Interest toʻldiriladi.
  4. 2 ta yaqinda e’lon qilingan ish topshiriladi.
  5. Ish joyidan Letter of Support.

Hujjatlarni yuklash va yozish namunasi: shu yerda.

Nomzodlar ish tajribasi, liderlik qobiliyati, tashabbuskorligi, e’lon qilingan ishlari, til bilishi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: info@iwmf.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!