×

Kolumbiyada 47 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat va turar joy; 653 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kolumbiya

O'QILGAN

2047 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Kolumbiyaning Floridablanca shahrida joylashgan New Cambridge School 18 dan 30 yochgacha boʻlgan, ingliz tilini biladigan, sport va ta’lim sohalari mutaxassislarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Columbiyaning Floridablanca shahrida joylashgan New Cambridge School maktabida  [Teaching] Sports Coach at School lavozimida ishlash imkonini beradi. Dastur 2019-yil 30-iyuldan 2020-yil 28-iyul oraligʻida 47 hafta davom etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Accompany, advise and train students and high performance sports teams, taking them to the level of
  • Design and execute training programs for students in the corresponding discipline.
  • Plan and execute recreational and competitive activities in each of the sports disciplines
  • Implement the school sports program effectively and promote physical fitness and healthy lifestyles.
  • Teach and ensure the safety of students in the fields and sports areas.
  • Accompany and train students and high performance sports teams, bringing them to the level of winner
  • Comply with the rules, policies, procedures and other provisions defined by the institution
  • Prepare documents, records, plans, reports and / or reports related to the management of the position.

Grant kimlar uchun?

Sports (jismoniy tarbiya) va education (ta’lim sohalari) mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 47 hafta davomida bepul turar joy va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 2070290 COP ( taxminan 653 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod Sports (jismoniy tarbiya) va education (ta’lim) sohalari boʻyicha mutaxassis boʻlishi maqsadga muvofiq.
  • Nomzod ingliz va nemis tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR kamida B2-C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Microsoft Word, Microsoft Powerpoint, Microsoft Excel, Training, Coaching, Leadership, Language Teaching koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim. Viza soʻrovi uchun: shu yerga murojaat qiling.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-avgustgacha. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Keyin esa ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablaiga javob bera olmaysiz”) kabi javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring. Agar ma’lumotlaringiz barcha talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Account ochish, to`ldirish va ariza berish haqida barafsil: shu yerda tanishish mumkin.

Ariza toʻldirish:

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Skills (koʻnikmalar).
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ariza ichida bir necha daqiqalik test berilishi yoki savol berilishi mumkin. testni yechib berish lozim. Savolga esa maksimal darajada qisqa va mazmunli javob yozing. Odatda bu savol “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida berilgan boʻladi.

Barcha ma’lumotlarni elektron shaklda “submit” qilish kerak. Ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi. Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda  tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Bukaramangadagi bucaramanga@aieseccolombia.org ofisidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; bucaramanga@aieseccolombia.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!