The Korea Times tomonidan bu yil birinchi marta Korean Language Speaking Contest tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovda koreys tilini biluvchi barcha xorijiy fuqarolar, qolaversa, ona tilisi koreys tili boʻlmagan xorijda yashovchi etnik koreyslar ham ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar video yaratishi va unda tegishli mavzu boʻyicha gapirishi kerak.
Tanlovda 2 xil turkun boʻyicha videolar qabul qilinadi:
- 1-turkum – uzun videolar. Bunda video 2-3 daqiqa boʻlishi va siz unda quyidagi mavzulardan biri haqida gapirishingiz kerak:
– Sevimli K-pop kumiringiz, dramangiz, filmingiz yoki vebtuningiz.
– Koreyada yashash yoki Koreys tilini oʻrganishda boshingizdan kechirgan qiziqarli (kulgili) yoki hayratlanarli tajriba/voqeani aytib bering.
– Koreya madaniyati va vataningiz madaniyati orasidagi oʻxshashlik va farqlarni taqqoslang. - 2-turkum – qisqa videolar. Bunda video 1 daqiqadan oshmasligi va siz unda quyidagi mavzulardan biri haqida gapirishingiz kerak:
– Koreya madaniyati, taomlari yoki tilini oʻzingizning madaniyat, taomlar yoki tilingiz bilan taqqoslang.
– Oʻzingizni sizga yoqqan koreys daramasi yoki filmidagi biror qahramon ovozi yoki nutqiga taqlid qilgan holda tanishtiring.
– Koreyaning qiziqarli jihati yoki koreyslarning oʻziga xos xususiyatlari haqida gapiring.
Tanlov uchun videolar koreys tilida tayyorlanishi kerak.
Grant kimlar uchun?
Koreys tilini biladigan barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
- Madaniyat, sport va turizm vazirligi mukofoti (faqat uzun videolar turkumi boʻyicha 1 nafar gʻolib): 2,5 million won (taxminan 1700 AQSH dollari).
- Koreya kiber universiteti prezidenti mukofoti (faqat uzun videolar turkumi boʻyicha 1 nafar gʻolib): 1 million won (taxminan 680 AQSH dollari).
- Gran-pri mukofoti (faqat uzun videolar turkumi boʻyicha 2 nafar gʻolib): 2 nafar ishtirokchining har biriga 1 million won (taxminan 680 AQSH dollari).
- Excellence mukofoti (uzun videolar turkumida 2 nafar gʻolib, qisqa videolar turkumida 1 nafar gʻolib): gʻoliblarning har biriga 500 ming won (taxminan 341 AQSH dollari)
- Maxsus SNS mukofoti (faqat uzun videolar turkumi boʻyicha 2 nafar gʻolib): gʻoliblarning har biriga 400 ming won (taxminan 272 AQSH dollari)
- Kreativ mukofoti (uzun videolar turkumida 2 nafar gʻolib, qisqa videolar turkumida 2 nafar gʻolib): gʻoliblarning har biriga 300 ming won (taxminan 205 AQSH dollari)
- Barcha ishtirokchilar K-pop sanʼatkori tomonidan imzolangan CD-disk oʻynaladigan lotereyada ishtirok etadi.
Talablar:
Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Tanlovda yoshidan qatʼi nazar koreys tilini biluvchi barcha xorijiy (koreyalik boʻlmagan) fuqarolar, qolaversa, ona tilisi koreys tili boʻlmagan xorijda yashovchi etnik koreyslar ham ishtirok etishi mumkin.
- Nomzodlar faqat bitta turkum uchun video yuborishi mumkin, bitta nomzod har ikkala turkumda qatnasha olmaydi.
- Uzun videolar turkumi uchun videolar 2-3 daqiqa boʻlishi, qisqa videolar turkumi uchun videolar 1 daqiqadan oshmasligi kerak.
- Videoni yaratishda sunʼiy intellektdan foydalanish taqiqlanadi.
- Shunindek, video formati va boshqa jihatlarga oid qoʻshimcha talablar ham mavjud, ular bilan BU YERDA batafsil tanishing (FAQ boʻlimiga qarang).
Mukofot pullari gʻolib qayerda ekaniga qarab bank orqali oʻtkaziladi yoki taqdirlash marosimida shaxsan taqdim etiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2025- yil 27-aprel 19:59 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar yuqoridagi turkumlardan birini tanlashi va tegishlicha video yaratib, uni YouTube tarmogʻiga yuklashi kerak. YouTube tarmogʻiga yuklangan videoning maxfiylik sozlamasi Ommaviy (Public) qilib sozlanishi va video sarlavhasiga #howdykorea heshtegi kiritilishi kerak.
Shundan keyin ishtirokchi BU YERDAGI arizani toʻldirishi va yuborishi lozim (arizaga YouTubeʼga joylangan videongiz havolasini ham kiritasiz).
Ijodiy ishlar quyidagi umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Baholash mezonlari bilan BU YERDA tanishing (“Criteria” boʻlimi).
Gʻoliblar The Korea Times gazetasi va uning veb-saytida eʼlon qilinadi. 2025-yil 29-mayda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi. Koreyadan tashqarida yashovchi gʻoliblar onlayn platforma orqali ushbu marosimda ishtirok etishlari mumkin.
ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Dasturning oʻtgan yilgi gʻoliblari videolari bilan BU YERDA tanishing (ular orasida oʻzbekistonliklar ham bor)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun (02) 724-2869 raqamga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki eldorado@koreatimes.co.kr manziliga email yuborishingiz mumkin.