×

Toshkentdagi Koreya taʼlim markazidan 9-11-sinflar uchun koreys tilidan olimpiada!


Grant

MUHLAT

15.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2229 marta

Toshkentdagi Koreya taʼlim markazi 2024-yilgi koreys tili fanidan olimpiada uchun arizalar qabul qilmoqda. Bu olimpiada maktabning 9-11-sinf oʻquvchilar uchun moʻljallangan boʻlib.

Olimpiada 2024-yil 20-yanvar, soat 9:00 da quyidagi manzilda oʻtkaziladi: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi 8 (Smart Assessment binosi).

Olimpiadada tushuvchi savollar quyidagicha:

  • Eshitish mashqi – 40 ta savol;
  • Oʻqish mashqi – 40 ta savol;
  • Yozish mashqi(insho) – 1 ta savol.

Kuchlar teng bo’lib qolgan taqdirda “Yozish” qismidan yuqoriroq ball to’plagan o’quvchi ustunroq hisoblanadi.

Grant kimlar uchun?

Maktabning 9-11-sinf oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Eng yaxshi natija koʻrsatgan 10 nafar gʻolibga pul mukofotlari taqdim etiladi. Qolgan barcha ishtirokchilarga ham kichik sovg’alar taqdim qilinadi.

Talablar:

Olimpiadada qatnashish uchun quyidagi talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston hududidagi maktablarning 9-11-sinflarida oʻqiyotgan bo’lish.
  • Musobaqada qatnashish uchun maktab shtampi tushirilgan direktor tavsiyanomasini olish (namunani roʻyxatdan oʻtish qismida yuklab olishingiz mumkin).
  • Koreys tilini bilish.

Kollej hamda litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Olimpiadada qatnashish uchun 2024-yil 15-yanvargacha roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish uchun rasmiy saytga kirib, “Register” (Roʻyxatdan oʻtish) tugmasini bosing va soʻralgan maʼlumotlarni kiriting hamda oxirida hosil boʻlgan anketani yuklab oling. Yuklab olingan anketni printerdan chiqarib, olimpiada kuni oʻzingiz bilan olib borishingiz lozim.

Qanday roʻyxatdan oʻtish haqida BU YERDAGI video qoʻllanmada batafsil tanishishingiz mumkin.

2024-yil 20-yanvarda olimpiadaga qatnashish uchun borganda quyidagi hujjatlarni oʻzingiz bilan olib borishingiz kerak:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport, tug’ilganlik haqida guvohnoma kabi)
  • Maktab direktori tomonidan berilgan tavsiyanoma (namunani ro’yxatdan o’tish qismida yuklab olishingiz mumkin)
  • Ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida anketa

Taqdirlash marosini 2024-yil 21-yanvar, soat 11:00 da oʻtkaziladi (bu vaqt biroz kechikishi mumkin).

MUHIM: Roʻyxatdan oʻtishdan avval rasmiy maʼlumotlar bilan batafil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!