×

Koreya: xalqaro kongressda ishtirok etish uchun 2000 yevro grant!


Grant

MUHLAT

08.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

3645 marta

Koreyaning Daegu shahrida bo’lib o’tadigan Xalqaro Neyrologiya Kongressida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Kongress International Brain Research Organization (IBRO) tashkiloti tomonidan tashkil etib kelinadigan muhim tadbirlardan biridir. 2019-yilgi kongress davomida turli seminar, trening, nutqlar va simpoziumlar 21-25 sentabr kunlari intensiv ravishda bo’lib o’tadi. Kongressda sohadagi mashhur mutaxassislar va Nobel Mukofoti laureatlari nutq so’zlashadi. Kongressda neyrologiya sohasida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchi va olimlar turli mavzulardagi tadqiqotlari bilan ishtirok etishlari mumkin:

  • Glia, glia-neuron interactions
  • Homeostatic and neuroendocrine systems
  • Disorders of the nervous system
  • Physiology: neuronal excitability and synapse function
  • Sensory and motor systems
  • Cognition and behavior
  • Development
  • Physiology systems/network functions, computational neuroscience
  • New technology/ Neurotools
  • Va boshqalar.

Kongressdan o’rinn olgan simpozium mavzulari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Kongress kundalik dasturi bu yerda keltirilgan. Nutq so’zlovchilar va nutq mavzulari bilan bu yerda tanishing.

Kongress doirasida yosh olimlar uchun maxsus intensiv trening dasturi ham bor, bu dastur tadqiqotchilarga kongressdan oldin Koreyaga borib 5 kun davomida treningda ishtirok etish imkonini beradi. batafsil

Kongress doirasida ko’rgazma ham mavjud. batafsil

Grant kimlar uchun?

Nevrolog olim va mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kongressda ishtirok etish uchun grant dasturi ham mavjud. Grantning umumiy hajmi 2000 yevroga teng va u turar-joy, oziq-ovqat va safar xarajatlarini o’z ichiga oladi.

Kongressda grantsiz ishtirok etish to’lovlari haqida batafsil bu yerda tanishing.

Talablar:

Kongressda quyidagi talablarga eng mos nomzodlar ishtirok etishlari mumkin:

  1. Nomzod neyrologiya sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassis bo’lishi (PhD darajasi talab etiladi) yoki shu yo’nalishda tahsil olayotgan magistratura yoki PhD kursi talabasi bo’lishi zarur.
  2. Nomzod sohada tadqiqot olib borayotgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, kongress mashg’ulotlari ingliz tilida bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

IBRO Kongressida qatnashish uchun grantga arizalar 2019-yil 8-fevralga qadar qabul qilinadi. Kongressda ishtirok etish istagidagi har bir nomzod oldindan ro’yxatdan o’tishi va tavsiyanma bilan birga o’zi olib borayotgan tadqiqot haqida taxminan 300 so’zli abstrakt taqdim etishi kerak bo’ladi. Kongressda grantsiz ishtirok etish ham mumkin. Bunda arizalar 2019-yil 20-sentabrgacha cho’ziladi.

Ma’lumot uchun info.ibro2019@gmail.com elektron manziliga yoki +82-53-740-0406 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!