Bir necha oy oldin bakalavr bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun Koreya hukamati dasturi haqida batafsil ma’lumot bergan edik (maqola bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin). 2017-yilning 6-sentabr kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Ta’lim markazi ushbu dastur yuzasidan 2018-yil uchun hujjat qabul qilish boshlanganligini o‘z saytida e’lon qildi.
Ushbu dasturga 25 yoshdan kichik (1993 yil 1 martdan keyin tug‘ilgan), sog‘lom, kollej (litsey)ni tamomlagan O‘zbekiston fuqarolari hujjat topshirishlari mumkin.
Dastlab bitiruvchi Koreyadagi Davlat xalqaro ta’lim markazida 1 yil davomida koreys tiliga o‘qitiladi va so‘ngra Koreya oliygohlarida bakalavr darajasini olish uchun 4 yil ta’lim olish huquqiga ega bo‘ladi.
Buning uchun bitiruvchi 1 yillik til kursini tamomlab, koreys tilini bilish darajasini aniqlab beruvchi TOPIK imtihonidan 5-darajani olishi talab qilinadi. Agar bitiruvchi avvaldan ushbu daraja sohibi bo‘lsa, 2018 yil may oyidan Koreya oliygohlariga kirish imkoniga ega bo‘ladi.
1 yillik til kursining dastlabki 6 oyligidayoq TOPIKning kerakli darajasiga erishgan o‘quvchilar esa 2018 yil sentyabr oyida oliygohga kirishlari mumkin.
Hujjatlar Toshkentdagi Koreya ta’lim markazining 2 qavati 210 xonasida 2017-yilning 6-sentyabridan 6-oktyabriga qadar qabul qilinadi.
Ushbu dastur bilan SHU YERDA batafsil tanishing.
Batafsil ma’lumotlar uchun telefon: 291 8182
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o‘qishni xohlovchilar