×

Koreyada yosh liderlar uchun seminar – barcha xarajatlar qoplanadi


Grant

MUHLAT

25.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

2969 marta

2018-yilning 20-26-may kunlari Seul shahrida «Global Citizenship Education» mavzusida yosh liderlar uchun seminar bo’lib o’tadi. Ushbu seminar maqsadi turli davlat yoshlarini o’z mamlakatlarining barqaror rivojlanishiga hissa qo’shishi uchun rag’batlantirish, shuningdek, global darajada xalqlar o’rtasida yaqinlikni ta’minlash hisoblanadi.

Seminarda xarajatlari to’liq qoplanishi rejalashtirilgan yoshlar soni: 50ta.

Grant kimlar uchun?

18-24 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

To’liq grantni qo’lga kiritgan nomzod quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Borish va kelish xarajatlari (samalyot bileti) qoplab beriladi;
  • Turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Oziq-ovqat bilan ta’minlanadi;
  • Seulda harakatlanishi uchun transport xarajatlari qoplanadi.

Nomzodlar viza xarajatlarini o’zlari qoplashi lozim.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

O'zbekiston, Armaniston, Ozarboyjon, Belarussiya, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina

Talablar:

  • Nomzod O’zbekiston, Armaniston, Ozarboyjon, Belarussiya, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston yoki Ukraina fuqarosi bo’lishi lozim;
  • Nomzod 18-24 yosh oralig’ida bo’lishi lozim;
  • Yoshlar bilan ishlash yuzasidan eng kami 2 yillik tajribaga ega bo’lishi lozim;
  • Ingliz tilini yaxhsi bilishi va shu tilda qiyinchiliksiz muloqot qila olishi lozim;
  • Nomzod seminar mavzusi bilan tanishib chiqqan bo’lishi lozim.

Dasturning boshlanishi:

2018-05-20

Dasturning tugashi:

2018-05-26

Nomzodni tanlashda e’tibor qaratiladgan jihatlar:

  • Nomzodning tajribasi;
  • Nomzodning hozrida nima bilan shug’ullanayotganligi;
  • Yoshlar bilan ishlashga, mahalliy hamda xalqaro darajada global fuqarolikka qiziqishi.

Qatnashchilar va tanlanganlar ro’yxati 2018-yilning 6-aprelida e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!